O‘zbekiston | 20:51 / 30.03.2020
22092
1 daqiqa o‘qiladi

Cheklov yuk mashinalari va agrotexnikaga taalluqli emas

30 mart soat 6.00dan boshlab, viloyatlar markazi, Toshkent va Nukus shahrida ahamiyati yuqori bo‘lmagan hamda shaxsiy avtomobillar harakatiga cheklov joriy etildi. Ammo ushbu chora-tadbir yuk mashinalar va qishloq xo‘jaligida texnika vositalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Transport vazirligi matbuot kotibi Navro‘z Ashurmatov 30 mart kuni AOKA huzurida tashkil etilgan shtabdagi brifingda avtomobil harakati cheklanishi qishloq xo‘jaligidagi texnika vositalari va yuk mashinalari egalariga tatbiq etilmasligini bildirdi.

«Bevosita agrotexnika vositalari va yuk mashinalari harakatiga umuman cheklov yo‘q. Ular karantindagi Toshkent shahriga kirish va chiqish imkoniyatiga ega. Ular uchun alohida yo‘laklar joriy qilingan», - dedi u.

Avvalroq, Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov avtomobil harakati cheklanishi viloyat markazlari, Toshkent va Nukus shaharlari uchun amal qilishini aytib, tumanlar ichida harakatlanish cheklanmaganini bildirgandi.

Ashurmatovning qo‘shimcha qilishicha, cheklov velosiped, skuter va mototransport haydovchilari uchun tatbiq etilmaydi.

Mavzuga oid