Samarqandda karantinda bo‘lgan mingdan ortiq odamga uyiga javob berildi
Samarqandda karantinda bo‘lgan yana bir guruh fuqarolarga uyiga ketishga ruxsat berildi. Bu haqda Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati Kun.uz`ga xabar qildi.
1 058 nafar o‘zbekistonliklar Qozog‘istondan poyezdda Samarqandga olib kelingan va xavfsizlik sabab karantinga olingandi. Ular ikki hafta davomida Samarqanddagi harbiy shaharchada joylashgan Qurolli kuchlar kichik mutaxassislar tayyorlash markazida karantinda bo‘lishdi.
14 kun davomida bu 1 058 kishida koronavirus alomatlari aniqlanmadi. Karantinda bo‘lganlarning 72 nafari mahalliy samarqandlik bo‘lgan. Qolganlar respublikaning barcha viloyatlaridan Samarqandga karantinga keltirilgan. Ularning yarmiga yaqini vodiy viloyatlaridan. 952 fuqaro 8 aprel kuni maxsus tashkillashtirilgan avtobuslarda uylariga jo‘natildi.
9 aprel kuni kechki reys bilan Navoiy, Xorazm hamda Nukus yo‘nalishi bo‘yicha yana 105 nafar fuqaro o‘z uylariga kuzatildi. Samarqand temiryo‘l vokzalidan ular maxsus poyezd bilan jo‘nab ketishdi.
Karantin o‘tash davrida fuqarolarning xavfsizligini ta'minlashda Markaziy harbiy okrug bo‘linmalari hamda Qurolli kuchlar kichik mutaxassislarni tayyorlash markazi harbiy xizmatchilari jalb qilingandi.
Mavzuga oid
15:52
Samarqandda “Turkish Airlines” aviakompaniyasi ekipaj a’zosi bojxona nazoratidan jangovar o‘q-dori olib o‘tishga urindi
07:35
Beshta hududda 16 kg giyohvandlik vositalari to‘xtatib qolindi
09:09 / 20.12.2024
Samarqandda 19 yoshli ayol 16 yoshli qizni kaltakladi
19:07 / 18.12.2024