IIV Tergov departamenti: Gulistonda choyxona binosini yoqib yuborgan noma'lum shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan
Kun.uz saytida Guliston shahrida yashovchi tadbirkor Bobur Yusupovning avtomashinasi va choyxonasi noma'lum shaxslar tomonidan yoqib yuborilgani, IIB xodimlari esa aybdorlarga tegishli choralar ko‘rmayotgani haqidagi xabarga O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti munosabat bildirdi.
Aniqlanishicha, 2020 yil 1 apreldan 2 aprelga o‘tar kechasi noma'lum shaxs o‘zganing mulkini qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish maqsadida Sirdaryo viloyati, Guliston shahri, Madaniyat mahallasida joylashgan fuqaro B.Yusupovga tegishli xususiy korxona nomidan ijara asosida yuritib kelinayotgan fuqaro N.A., ga qarashli “Azizbek” choyxonasini yoqib yuborib, hodisa joyidan yashiringan.
Yong‘in oqibatida “Azizbek” choyxonasining devor va shift qismining qoplamasi, mebel, maishiy texnika uskunalari va boshqa bir qancha buyumlar yonib zararlangan. Buning oqibatida jami 57.528.000 so‘mlik zarar yetkazilganligi ma'lum bo‘lgan.
Mazkur holat yuzasidan Guliston shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan 10.04.2020 yilda O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 173-moddasi 1-qismi ( Mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Bundan tashqari, maqolada ko‘rsatib o‘tilgan «Nexia» rusumli avtomashinaning yoqib yuborilganligi holati yuzasidan aniqlik kiritilganida, 2019 yil 16 yanvar kuni XK rahbari fuqaro B.Yusupov Guliston shahri bo‘yicha IIO FMB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilib, unda 2019 yil 13 yanvar kuni o‘ziga tegishli bo‘lgan “Nexia” rusumli avtomashinasini “Azizbek” choyxonasi oldida qoldirgan vaqtida tanishi Sh.K., avtomashinaning ichki qismini benzin yoqilg‘isi bilan yoqib yuborganligini ma'lum qilib, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.
Sudga oid transport-baholash ekspertiza xulosasiga ko‘ra, avtomashinaga 4.135.312 so‘mlik moddiy zarar yetkazilganligi aniqlangan.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 173-moddasining dispozitsiyasida “O‘zganing mulkini qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish ancha miqdorni tashkil etsa” deb ko‘rsatilgan. Ushbu jinoyat tarkibi yuzaga kelishi uchun (moddiy zarar ancha miqdor ya'ni bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha, aniqrog‘i kamida 22.300.000 co‘mni tashqil qilishi kerak) B.Yusupovga yetkazilgan moddiy zarar miqdori esa jinoyat ishini qo‘zg‘atish uchun yetarli emas. Ushbu holat yuzasidan Guliston shahri bo‘yicha IIO FMB mas'ul xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari natijasiga ko‘ra, avtomashinaning ichki qismida yong‘inni Sh.K. sodir qilganligi o‘z tasdig‘ini topmaganligi hamda ushbu harakatni sodir qilgan shaxsni shaxsiga aniqliq kiritish imkoniyati bo‘lmaganligi sababli, 25.01.2019 yilda O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 83-moddasi 2-bandi (qilmishda jinoyat tarkibining mavjud emasligi)ga asosan jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad qilish haqida qaror qabul qilingan, deyiladi Tergov departamentining munosabatida.
Mavzuga oid
21:28 / 18.12.2024
Guliston IIB TB fuqarolik nizosidan jinoyat ishi “yasadi”. Tergovchi yangi yilni issiq uyida, 50 yoshli ayol esa Rossiya hibsxonasida kutib oladimi?
15:32 / 04.12.2024
1,2 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan choyxona aniqlandi
21:56 / 26.11.2024
Rossiyada 174 ming nafar politsiyachi yetishmayotgani ma’lum bo‘ldi
18:07 / 24.11.2024