Jamiyat | 15:32 / 04.12.2024
2313
1 daqiqa o‘qiladi

1,2 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan choyxona aniqlandi

Choyxona shartnoma rasmiylashtirmasdan o‘zboshimchalik bilan elektr tarmog‘iga ulangan. 

Foto: O‘zenergoinspeksiya

Farg‘ona viloyatining Bog‘dod tumanida fuqaro S.T.ga qarashli choyxona shartnoma rasmiylashtirmasdan o‘zboshimchalik bilan elektr tarmog‘iga ulangan. 

“O‘zenergoinspeksiya” xabar berishicha, ushbu qoidabuzarlik natijasida elektr ta’minoti korxonasiga 1 mlrd 237 mln so‘mlik zarar yetkazilgan.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Mavzuga oid