Onlayn auksion orqali 1 mlrd so‘mlik avtoraqamlar sotildi
Savdolar natijasida bitimlarning 24,1 foizi birinchi toifadagi avtoraqamlarga, 50,9 foizi ikkinchi va 24,9 foizi uchinchi toifa avtoraqamlarga tegishli
2020 yilning 13-19 aprel kunlari “O‘zRTXB” AJda 1,08 trln so‘mlik bitimlar tuzildi, bu avvalgi haftadagi natijaga nisbatan 33 foizga ko‘p.
Kichik biznes va tadbirkorlik sub'yektlari ishtirokida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 27 foizga o‘sib, 386,0 mlrd so‘mni tashkil etdi.
Birja savdolarining hajmi o‘tgan haftaga nisbatan 33 foizga oshib, 749,9 mlrd so‘mdan 1 trln so‘mgacha yetdi. Valuta savdo maydonchasi orqali sotilgan tovarlarning qiymati 3,7 mln. AQSh dollarni tashkil etdi. Eksport tarkibida polimer mahsulotlarining ulushi 38 foiz, suyultirilgan gaz 30 foiz, o‘simlik yog‘i 24 foiz va boshqa mahsulotlarning ulushi 8 foizni egalladi.
Ko‘rgazma-yarmarka savdolarning haftalik hajmi 29,8 mlrd so‘mni tashkil etdi, bu esa avvalgi haftadagi natijaga nisbatan 31 foizga ko‘p.
O‘tgan haftada davlat xaridlari bo‘yicha xarid.uz maxsus axborot portalida tuzilgan bitimlarning hajmi 52,2 mlrd so‘mni tashkil etib, 19 foizga o‘sdi. Budjet va korporativ buyurtmachilarning pul mablag‘ini tejalishi 18 foizga oshib, 10,3 mlrd so‘mni tashkil etdi.
Ko‘rib chiqilayotgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 497 ta avtomobil raqamlari sotildi. Sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 1,0 mlrd so‘mni tashkil qildi. Savdolar natijasida bitimlarning 24,1 foizi birinchi toifadagi avtoraqamlarga, 50,9 foizi ikkinchi va 24,9 foizi uchinchi toifa avtoraqamlarga tegishli.
Mavzuga oid
09:32
O‘zbekistonda avtoraqam 1 mlrd so‘mdan ortiqqa sotildi
19:59 / 18.12.2024
Toshkentda yo‘lbo‘yi avtoturargohlarini tashkil etish uchun boshqa kompaniya tanlandi
01:13 / 21.11.2024
Belgiyalik rassomning «Yorug‘lik imperiyasi» turkumiga kiruvchi kartinasi 121,2 mln dollarga sotildi
18:43 / 16.08.2024