Jahon | 08:07 / 24.04.2020
15192
1 daqiqa o‘qiladi

Koronavirus yuqtirganlar soni 100 mingdan oshgan davlatlar yettitaga yetdi

23 aprelda Turkiyada 3 mingdan ortiq odam koronavirus yuqtirgan. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Fahrettin Kocha tvitterdagi sahifasida yozgan. Oqibatda mamlakatda virus yuqtirganlar soni 101 790 nafarga yetdi.

Foto: Reuters

Shu tariqa dunyoda koronavirus yuqtirganlar soni 100 mingdan oshgan mamlakatlar yana bittaga ko‘paydi. Turkiyadan oldin Fransiya (120 804), Buyuk Britaniya (138 078), Germaniya (153 129), Italiya (189 973), Ispaniya (213 024) va AQShda (887 787) bemorlar soni 100 mingdan oshgandi.

Oldinroq Turkiya koronavirus yuqtirganlar soni bo‘yicha virus ilk marta aniqlangan Xitoyni ortda qoldirgan yettinchi mamlakat bo‘lgandi. Keyinchalik Eron ham bu borada Xitoydan o‘tib ketdi. Virus yuqtirganlar soni bo‘yicha ro‘yxatning 10-pog‘onasida turgan Rossiyada kasallanganlar soni keskin ko‘payishda davom etib, 62 mingdan oshdi.

Toshkent vaqti bilan 24 aprel 05:00 holatiga ko‘ra, butun dunyoda koronavirus yuqtirganlar soni 2,7 millionga yaqinlashdi. 737 mingdan oshiq bemor tuzalgan bo‘lsa, 188 mingdan ko‘proq inson koronavirus sabab vafot etdi.

Mavzuga oid