O‘zbekiston | 14:53 / 02.05.2020
29621
2 daqiqa o‘qiladi

Magistraturaga kirish va kollej-litseylarda bitiruv imtihonlari haqida ma'lumot berildi

Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziri Inomjon Majidov magistratura bosqichi uchun kirish imtihonlari qanday tartibda o‘tkazilishi haqida ma'lumot berdi.

“Magistratura bosqichiga kirish imtihonlari mutaxassislik fani va chet tili bo‘yicha o‘tkaziladi. Hozirgi holatda mutaxassislik imtihonini sohalar bo‘yicha mantiqiy bir xillikka olib kelishni o‘ylab chiqyapmiz. 

Bu yil karantin shartlaridan kelib chiqqan holda, mutaxassislik va chet tili bo‘yicha test imtihonlari bir vaqtda o‘tkaziladi.

Testni onlayn topshirish yoki o‘z joyida kelib topshirish bo‘yicha aniq axborot beriladi”, deya Inomjon Majidovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Brifing davomida kollej va litseylarda bitiruv imtihonlarining o‘tkazilish tartibi bo‘yicha ham axborot berildi.

“Kollej va litseylarda bitiruv imtihonlari onlayn test shaklida bo‘ladi. Kollej bitiruvchilari uchun bitiruv himoya ishi test shakliga o‘tkaziladi. Akademik litsey bitiruvchilari tarix va chuqurlashtirilgan shaklda o‘qitilayotgan fani bo‘yicha 60ta testni onlayn shaklda topshiradi”, deya aytib o‘tdi vazir.

Mavzuga oid