Jahon | 18:14 / 12.05.2020
9449
1 daqiqa o‘qiladi
McDonald’s karantindan keyin ishlashga moslashtirilgan restoranini namoyish etdi
Niderlandiyaning Arnem shahridagi McDonald’s restorani tarmoqning karantindan keyin ishlash uchun butunlay qayta jihozlangan birinchi muassasasi bo‘ldi.
Restoranga kirishda ijtimoiy masofaga rioya qilish shart – buning uchun yerga maxsus belgilar chizilgan.
Mijozlarni qo‘lqop taqqan, lekin niqobsiz xodim kutib oladi. U mehmonlarga ma'lum bir stolga o‘tirish imkonini beruvchi maxsus raqam beradi.
Mehmonlar terminal orqali kerakli yegulikni tanlaydi va o‘zlariga ajratilgan raqamli stolga o‘tiradi.
Buyurtma tayyor bo‘lganida restoran xodimi uni maxsus aravachada keltiradi. Mehmonlar tayyor taomlarni o‘z qo‘llari bilan olishlari kerak bo‘ladi.
Mavzuga oid
11:42 / 21.10.2024
Tramp Pensilvaniyada McDonald’s xodimi bo‘lib ishladi
16:37 / 16.03.2024
O‘zbekistonda McDonald’s fastfud tarmog‘i ochilishi mumkin
21:59 / 27.11.2022
Xitoyda koronavirus cheklovlariga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tmoqda
00:22 / 26.11.2022