O‘zbekiston | 08:36 / 19.05.2020
34745
11 daqiqa o‘qiladi

Elektron mehnat daftarchalarini yuritish tartibi ma'lum bo‘ldi

2020 yil 1 yanvardan keyin birinchi marta ishga kirganlar mehnat faoliyati to‘g‘risidagi ma'lumotlar faqat xodimning elektron mehnat daftarchasiga kiritiladi.

Elektron mehnat daftarchalarini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom loyihasi e'lon qilindi.

Qayd etilishicha, 2020 yil 1 yanvardan boshlab, ro‘yxatdan o‘tkaziladigan mehnat shartnomalaridagi ma'lumotlar asosida “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi (“YaMMT” IDAK)da avtomatik tarzda shakllantiriladigan xodimning mehnat faoliyati to‘g‘risidagi ma'lumotlarni (ularga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar) va "YaMMT" IDAKga kiritilgan xodim to‘g‘risidagi boshqa ma'lumotlarni o‘z ichiga oluvchi xodimning elektron mehnat daftarchasi (XEMD) joriy etiladi.

XEMD quyidagi maqsadlarga mo‘ljallangan:

xodimning mehnat faoliyati to‘g‘risidagi ma'lumotlariga xodim va ish beruvchining tez va qulay kirishini (ega bo‘lishini) ta'minlash;

Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tomonidan ishlangan ish davrlari verifikatsiya qilingan xodimning ish stajini, shu jumladan maxsus ish stajini aniqlash;

xodimning ish staji davrida ish joyi, kasbiy va lavozim harakatlari to‘g‘risidagi ma'lumotni tasdiqlash (xodimning mehnat tarixi);

xodim va ish beruvchilar o‘rtasida, shuningdek xodim va budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi organlari o‘rtasida hujjat aylanishi mexanizmlarini soddalashtirish va tezlashtirish.

Shaxslarga:

2020 yil 1 yanvardan keyin birinchi marta ishga kirganlar (qog‘oz ko‘rinishida/shaklida mehnat daftarchasi bo‘lmaganlar) mehnat faoliyati to‘g‘risidagi ma'lumotlar faqat XEMDga kiritiladi;

2020 yil 1 yanvar holatiga tashkilotlarda ishlaydigan xodimlar uchun (ish beruvchida Mehnat kodeksining 81-moddasiga muvofiq saqlanayotgan xodimning qog‘oz ko‘rinishida/shaklidagi mehnat daftarchasi)kadrlar tadbirlari bo‘yicha ma'lumotlar 2020 yilning 1 yanvardan boshlab XEMDga kiritiladi, xodimning qog‘oz ko‘rinishida/shaklidagi mehnat daftarchasi xodimga saqlash uchun topshiriladi.

Mehnat faoliyatini 2020 yil 1 yanvardan keyin boshlagan shaxslar (ishga birinchi marta kirayotganlardan tashqari) avvalgi ish beruvchi tomonidan "YaMMT" IDAKga kiritilgan ma'lumotlarni, ishga kirish jarayonida XEMD va "YaMMT" IDAKdagi ma'lumotlar nusxasini, noyob tekshirish kodi va QR kodi bilan ilovaga muvofiq keltirilgan namuna bo‘yicha taqdim etadi.

Taqdim etilgan ma'lumotlarning haqiqiyligi "YaMMT" IDAKda noyob tasdiqlash kodi va QR kod yordamida tekshiriladi.

Mehnat faoliyatini 2020 yil 1 yanvardan oldin va undan keyin ham amalga oshirgan shaxs ishga kirish jarayonida, mehnat daftarchasini qog‘oz ko‘rinishida/shaklida va XEMDdan olingan nusxani ham taqdim etadi.

Mehnat munosabatlarini 2020 yil 1 yanvardan oldin to‘xtatgan va 2020 yil 1 yanvardan keyin qayta tiklamagan shaxslar (ular uchun XEMD yozuvlar mavjud emas va u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi "YaMMT" IDAKda ro‘yxatga olinmagan) ishga kirish jarayonida faqat mehnat daftarchasining qog‘oz ko‘rinishini/shaklini taqdim etadi.

Ushbu bandning 2 va 3-xatboshisida nazarda tutilgan hollarda, ish beruvchi qog‘oz ko‘rinishidagi/shaklidagi mehnat daftarchasining nusxasini oladi va mehnat daftarchasining asl nusxasini xodimga saqlash uchun qaytarib beradi.

Qog‘oz ko‘rinishidagi/shaklidagi mehnat daftarchasining nusxasi ish beruvchida qoladi va xodimning 2020 yilgacha bo‘lgan ish staji to‘g‘risidagi ma'lumot zarur bo‘lgan hollarda (muayyan mutaxassislik bo‘yicha ish stajini tasdiqlash, vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasini hisoblash va h.k.) ishlatiladi.

XEMDga kiritilgan ma'lumotlar ish beruvchining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan va shuningdek "YaMMT" IDAK arxivida tahrirlanmagan shaklda saqlanadi va ko‘rish, ishlatish uchun mavjud zarur bo‘lganda, xodimlar, uchinchi shaxslar tomonidan xodimning va "YaMMT" IDAK idoralararo hamkorlik ishtirokchilarining roziligi bilan tasdiqlash (verifikatsiya qilish).

Har bir jismoniy shaxs (xodim) uchun faqat bitta "YaMMT" IDAKda yaratilgan noyob raqamga ega bo‘lgan XEMD yaratilishi mumkin.

XEMDdagi nafaqani tayinlash uchun ish stajini, shu jumladan imtiyozli ish staji bo‘yicha kiritilgan yozuvlarni tekshirish (verifikatsiya qilish) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tomonidan amalga oshiriladi.

XEMD elektron yozuvlar ko‘rinishida bloklarga bo‘lingan holda quyidagi ma'lumotlarni o‘z ichiga oladi:

A blogi. "Xodimning shaxsiy ma'lumotlari", shu jumladan:

jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (PINFL);

soliq to‘lovchilarning identifikatsiya raqami (STIR);

pasport seriyasiva raqami;

xodimning familiyasi, ismi va otasining ismi;

pasport bo‘yicha raqamli fotosurati;

tug‘ilgan yili (“sana, oy, yil” shaklida);

tug‘ilgan joyi;

ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha yashash manzili.

B blogi. "Xodimning ma'lumoti to‘g‘risida ma'lumot", shu jumladan:

Milliy malaka tizimiga muvofiq o‘quv dasturlari darajasi;

o‘quv yurtining (muassasasining) nomi;

diplom bo‘yicha mutaxassisligi;

o‘quv yurtiga o‘qishga qabul qilingan yil;

o‘quv yurtida o‘qishni bitirgan yili;

ta'lim olganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning seriyasi va raqami;

ta'lim to‘g‘risidagi guvohnoma berilgan sana.

V blogi. "Mehnat faoliyati to‘g‘risida ma'lumot", shu jumladan:

tashkilotning to‘liq nomi va STIR kodi (ish beruvchining);

tarkibiy bo‘linmaning nomi;

xodimning lavozimi (kasbi) va xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatoridagi uning tartib raqami;

ishga qabul qilish, mehnat shartnomasini o‘zgartirish va mehnat shartnomasini bekor qilish qilish to‘g‘risidagi buyruqning sanasi va raqami;

xodimga ijtimoiy ta'til berish to‘g‘risida buyruqning raqami va sanasi.

Bir tashkilot ichidagi xodimning lavozimidagi o‘zgarishlar XEMDda ketma-ketlik ravishda ko‘rsatiladi.

Agar xodimga ish faoliyati davomida yangi razryad belgilangan bo‘lsa, bu haqda tegishli yozuv yoziladi. Xodim tomonidan ikkinchi va undan keyingi kasblarni o‘zlashtirilishi XEMDga ushbu kasblarning razryadlarini ko‘rsatgan holda kiritiladi.

G blogi. "Mehnat faoliyati to‘g‘risidagi boshqa ma'lumotlar", shu jumladan:

ish beruvchi va xodim tomonidan xodimning kasbiy tayyorgarlik dasturlarini (malaka oshirish, qayta tayyorlash) tugatganligi, xodimlarning mukofotlari va rag‘batlantirish to‘g‘risidagi yozuvlar;

Xodim tomonidan mustaqil ravishda kiritilgan yozuvlar, shu jumladan fuqarolik-huquqiy shartnomalar bo‘yicha bajarilgan ishlari to‘g‘risida, kasbiy ta'lim dasturlari (malaka oshirish, qayta tayyorlash) o‘tganligi to‘g‘risida va xodimning ishi bilan bog‘liq boshqa masalalar/tadbirlar.

Zarur bo‘lgan holatlarda xodim tomonidan kiritilgan mustaqil ma'lumotlar ushbu ma'lumotlarga taalluqli bo‘lgan tashkilot tomonidan verifikatsiya qilinadi.

D blogi. “Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i to‘langanligi to‘g‘risida ma'lumot”, shu jumladan:

xodim tomonidan soliq organlariga to‘lanadigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i (JShDS)ning oylik miqdori;

JShDS ushlab qolingan xodimning oylik daromadining miqdori;

JShDS to‘langanligi to‘g‘risidagi ma'lumotlar soliq idoralari ma'lumotlari asosida avtomatik ravishda "YaMMT" IDAK tomonidan shakllantiriladi.

Ma'lumotlarni kiritish uchun xodim ish beruvchiga har qanday qulay shaklda barcha kerakli ma'lumotlarni taqdim etishi kerak.

Tegishli kadrlar tadbirlari ijrosi bajarilishiga qarab XEMD ichidagi yozuvlar tegishli bloklarda ketma-ketligida shakllantiriladi.

To‘langan JShDS bo‘yicha yozuvlar har oy soliq to‘langan har oy uchun tuziladi.

Xodimning mehnat faoliyati to‘g‘risidagi ma'lumotlar quyidagicha:

yakka tartibdagi tadbirkorlarni, dehqon xo‘jaliklari a'zolarini, qoramol o‘stirish va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish bilan shug‘ullanayotgan shaxslarni hamda yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan boshqa sub'yektlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 4 iyuldagi 462-son "Jismoniy shaxslarning mehnat stajini elektron hisobga olishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaroriga binoan amalga oshirilgan ish stajining elektron yozuvlari asosida avtomatik ravishda yaratiladi;

o‘zini-o‘zi band qilgan fuqarolar – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 9 iyuldagi 566-sonli "O‘zini-o‘zi band qilgan fuqarolar uchun vaqtinchalik mehnat guvohnomasini joriy etish to‘g‘risida"gi qarorida belgilangan tartibda mehnat organi tomonidan berilgan vaqtincha mehnat guvohnomasining haqiqiyligi to‘g‘risidagi mehnat organlarining ma'lumotlari asosida avtomatik ravishda shakllantiriladi;

mehnat shartnomasi bo‘yicha chet elda ishlaydiganlar - yagona ijtimoiy to‘lovlari to‘langanligi to‘g‘risidagi ma'lumotlariga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 22 fevraldagi “Chet elda ishlayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari hamda ish vaqtini hisobga olib bo‘lmaydigan shaxslarning ayrim toifalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasiga yagona ijtimoiy to‘lov to‘lash tartibini, shuningdek ularning pensiyani hisoblash uchun olinadigan ish stajini va ish haqi miqdorini hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 46-son qaroriga asosan.

Yuqoridagi ma'lumotlarni tasdiqlovchi tashkilot ish beruvchi sifatida ko‘rsatilgan.

Mavzuga oid