O‘zbekiston | 17:02 / 19.05.2020
42047
1 daqiqa o‘qiladi

Yakkabog‘ tumani hokimi o‘zgardi

Lutfiddin Abdullayev Yakkabog‘ tumani hokimi lavozimida ish boshladi.

Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumani hokimi o‘zgardi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

Bugun, 19 may kuni viloyat hokimi Zoir Mirzayev ishtirokida o‘tgan Tuman xalq deputatlari kengashi sessiyasida Lutfiddin Jo‘rayevich Abdullayev tuman hokimi lavozimiga tayinlangan. 

Qayd etilishicha, bunga qadar Lutfiddin Abdullayev Vazirlar Mahkamasida faoliyat yuritgan.

Ma'lumot uchun, tumanning sobiq rahbari Abdurasul Safarov Yakkabog‘dagi «snos» voqealaridan so‘ng hokimlikka tayinlangan edi.

Mavzuga oid