O‘zbekiston | 20:49 / 15.12.2020
7216
2 daqiqa o‘qiladi

Yakkabog‘da tuman arxivining bir qismi «makulaturachi»larga sotib yuborildi

Yakkabog‘ tumanida davlat arxivining bir qismi «makulaturachi»larga sotib yuborilgan. Bu haqda Qashqadaryo viloyat ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Yakkabog‘ tumanida davlat arxivining bir qismi «makulaturachi»larga sotib yuborilgan. Bu haqda Qashqadaryo viloyat ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, Yakkabog‘ tumani davlat arxivida elektron nusxa yaratish operatori bo‘lib ishlovchi X. R. ichki ishlar bo‘limiga murojaat qilib, arxivda saqlanayotgan hujjatlardan bir qismi yo‘qolgani  haqida xabar bergan.

U davlat arxivi tomonidan saqlovga olingan va qat'iy hisobda turgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning 2016-2018 yillarga tegishli jami 3031 dona yig‘ma jild ish hujjatlari yo‘qolganini 2020 yil 13 noyabr kuni soat 18:00 larda bilganini ma'lum qilgan.

Mazkur holat bo‘yicha olib borilgan tergovga qadar tekshiruvlarda, Yakkabog‘ tuman davlat arxivchisi Q.D. va arxiv xo‘jalik guruhida shartnoma asosida ishlovchi A.J. 3031 dona ish hujjatlarini eski qog‘oz yig‘uvchilarga sotib yuborgani aniqlangan va ulardan 349 dona yig‘ma jild ish hujjatlari tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.

Qayd etilishicha, hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid