Chaqmoq AQShning eng katta bayrog‘ini o‘rtasidan yirtib yubordi
AQShning Viskonsin shtatida o‘rnatilgan mamlakatning eng katta milliy bayrog‘i chaqmoq urgandan keyin o‘rtasidan yirtilib ketdi.
Heavy portalining xabar berishicha, AQShning bir qator shtatlarida oxirgi kunlarda yomon ob-havo hukm surmoqda. Kuchli momaqaldiroq va shamol 30 mingdan ko‘proq uyni elektr ta'minotisiz qoldirgan. Shu jumladan, AQShning eng katta bayrog‘iga ham zarar yetgan.
Acuity Insurance deb nomlangan ushbu bayroqning o‘lchami 21 metrga 42,6 metrni, og‘irligi 154 kgni tashkil qiladi. U Sheboygan sharsharasi yaqinida 30 metr balandlikda AQSh armiyasida halok bo‘lgan mahalliy aholi xotirasiga hilpirab turadi.
The iconic Acuity Insurance flag in Sheboygan - the largest free-flying American flag in the country - has been torn in half after tonight's storms.
— TMJ4 News (@tmj4) June 3, 2020
📷: Avdil Luma pic.twitter.com/89fUWlsF4d
Mavzuga oid
22:10 / 23.12.2024
AQSh Xitoyning eski chiplariga nisbatan tergov boshladi
19:00 / 23.12.2024
Tramp: AQSh hukumati rasman faqat ikkita jinsni - erkak va ayolni tan oladi
18:12 / 23.12.2024
Bayden o‘limga hukm etilgan 37 nafar mahbusning jazosini yengillashtirdi
17:17 / 23.12.2024