Jahon | 21:06 / 09.06.2020
9693
1 daqiqa o‘qiladi

Burundining ko‘p yillik prezidenti vafot etdi 

Afrikada joylashgan Burundi davlatining prezidenti Per Nkurunziza 56 yoshida vafot etdi. Nkurunzizaning vafotiga yurak xuruji sabab bo‘lgan.

Foto: burundi.mid.ru

“Burundi hukumati mamlakat prezidenti Per Nkurunziza 8 iyunda Karuzi provinsiyasidagi shifoxonada yurak xurujidan kutilmaganda vafot etganini chuqur afsus bilan ma'lum qiladi”, deyilgan hukumat xabarida.

Burundida 20 may kuni prezident saylovlari bo‘lib o‘tgandi. Nkurunziza unga yana 7 yillik 2 muddatga saylanishga ruxsat beruvchi yangi konstitutsiya ratifikatsiyasiga qaramay, saylovlarda ishtirok etishdan voz kechgan.

Nkurunziza mamlakatni 2005 yildan beri boshqarib kelgan. 

Bungacha mamlakatda prezident vakolatlari muddati 5 yilni tashkil qilgan va prezident 3 ta muddatga saylana olgan. Agar Nkurunziza saylovlarda ishtirok etishga rozi bo‘lganda, prezident lavozimida 2034 yilgacha qolishi mumkin edi.

2020 yildagi saylovlarda Burundining hukmron partiyasi nomzodi general Evarist Ndayishimiye g‘alaba qozongan.

Mavzuga oid