Amerikalik politsiyachilarga gumonlanuvchilarga nisbatan bo‘g‘ish usullarini qo‘llash taqiqlandi
AQSh poytaxti Vashington politsiya departamenti afroamerikalik Jorj Floyd politsiya tomonidan qo‘lga olinish vaqtida o‘ldirilgandan keyin politsiyada bir qator islohotlar o‘tkazilishini e'lon qildi.
Yangi qoidalarga ko‘ra, politsiyachilarga bo‘g‘ish usullarini qo‘llash taqiqlanadi, chunki bu usullar qo‘lga olinayotgan shaxslarga bevosita xavf soladi. Bundan tashqari, gumonlanuvchining o‘lishi yoki ularga qo‘pol ravishda kuch qo‘llash bilan bog‘liq voqealardan keyin politsiya departamenti voqeaga aloqador politsiyachilarning ismlarini oshkor qilishi va ularning tana kameralaridagi videoyozuvlarni e'lon qilishi shart. Politsiya tomonidan qurol qo‘llanishi ham qat'iylashtirilgan.
Avvalroq Nyu-York meri Bill de Blazio Floyd o‘limidan keyin AQShda norozilik namoyishlari boshlangach politsiya isloh qilinishiga va'da bergan. Uning aytishicha, politsiyaga ajratiladigan mablag‘larning bir qismini yoshlar bilan ishlashga yo‘naltirish rejalashtirilmoqda.
Mavzuga oid
22:10 / 23.12.2024
AQSh Xitoyning eski chiplariga nisbatan tergov boshladi
19:00 / 23.12.2024
Tramp: AQSh hukumati rasman faqat ikkita jinsni - erkak va ayolni tan oladi
18:12 / 23.12.2024
Bayden o‘limga hukm etilgan 37 nafar mahbusning jazosini yengillashtirdi
17:17 / 23.12.2024