Jamiyat | 19:44 / 13.06.2020
90962
1 daqiqa o‘qiladi

«Mani ismim AvazBeK» – qo‘shiqchi Avaz Olimov to‘yda boshlovchini so‘kkani tasvirlangan video tarqaldi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Avaz Olimov to‘yda boshlovchini haqorat qilgani tasvirlangan video tarqaldi. Unda qo‘shiqchi o‘z ismini Avaz deb aytgan boshlovchiga e'tiroz bildirib ismi Avazbek ekanini aytgan.

«Mazgi, mani otim Avazbek. J..., bog‘chaga borganimda Avaz edi, tushundingmi? Q... Avaz dedingmi, j...?», degan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Avaz Olimov.

Bu to‘y qachon bo‘lgani, qayerda bo‘lgani aniq emas. Kadrda ko‘ringanlarning hech biri niqob taqmagani va shovqinda ko‘p odamning ovozi eshitilganiga qaraganda bu video karantindan avval suratga olingan.

Mavzuga oid