Jamiyat | 08:16 / 16.06.2020
8282
2 daqiqa o‘qiladi

Qibrayda o‘q-dori yasagan va saqlab kelgan shaxs aniqlandi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 248-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

2020 yilning 7 iyun kuni taxminan soat 15:30da Toshkent viloyatida IIB xodimlari tomonidan tezkor qidiruv tadbiri o‘tkazilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.

Natijada, Qibray tumani Tanovar ko‘chasida yashovchi 67 yoshli Q.T. xonadonida yashirin ravishda 19  dona 12x76 kalibrli ichi to‘ldirilgan butun holdagi patronlar, 9 dona 12x76 kalibrli gilzalar, ikki xil turdagi taxminan og‘irligi 100 gr yonuvchi kukunlar (porox) va xar xil turdagi taxminan vazni 1,5 kilogrammni tashkil qiluvchi drob, shuningdek o‘q dori yasash uchun mo‘ljallangan 8 turdagi  detal va moddalarni saqlab kelayotganligi aniqlanib, xolislar ishtirokida ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirilib olingan.

Sud ballistik ekspertiza xulosasida fuqaro Q.T.ning uyidan olingan patronlar otish uchun yaroqli, gilzalar esa otish uchun yaroqsiz ekanligi aniqlangan.

Holat yuzasidan Qibray tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 248-moddasi 1-qismi (Qurol, o‘q-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalariga qonunga xilof ravishda egalik qilish va saqlash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

“Hurmatli fuqarolar, qurol, o‘q-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalarini o‘z ixtiyori bilan topshirgan shaxs javobgarlikdan ozod qilinishi to‘g‘risida eslatib o‘tamiz”, - deyiladi ma'lumotda.

Mavzuga oid