Qozog‘iston bosh vaziri vertolyoti favqulodda qo‘nishni amalga oshirgani ma'lum qilindi
Qozog‘iston bosh vaziri Askar Mamin bo‘lgan vertolyot 12 iyunda majburiy qo‘nishni amalga oshirgani ma'lum qilindi.
Qozog‘iston bosh vaziri Askar Mamin bo‘lgan vertolyot 12 iyunda majburiy qo‘nishni amalga oshirgani ma'lum qilindi. Voqea oqibatida yo‘lovchilar va ekipajga jabr yetmagan.
15 iyunda “Kazaviaspas” AJ Maminning vertolyoti Jambil viloyatida favqulodda qo‘nishni amalga oshirganini ma'lum qildi. Mamin bu yerga amaliy safar bilan tashrif buyurgan. Vertolyot uchuvchilari gidravlik tizim ishlamay qolgani sababli Taraz shahridan 140 km uzoqlikdagi Tasotkel qishlog‘ida favqulodda qo‘nishni amalga oshirishgan.
Vertolyotga talafot yetmagan. Bosh vazir o‘z parvozini zaxiradagi vertolyotda davom ettirgan.
Mamin Jambil viloyatiga hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi davlat dasturlari amalga oshirilishini ko‘zdan kechirish uchun kelgan. Unga safari davomida viloyat rahbari Berdibek Saparbayev hamda bir qator vazirliklar rahbarlari hamrohlik qilgan. Parvoz uchun “Kazaviaspas”ga tegishli Mi-171 vertolyotidan foydalanilgan.
Mavzuga oid
22:27
Mustaqil Qozog‘iston tarixidagi eng yirik aviahalokatlar sanab o‘tildi
21:04 / 22.12.2024
Turkiyada tibbiy vertolyot shifoxona binosiga urilib, qulab tushdi
16:57 / 10.12.2024
Top Gear ijodiy jamoasi O‘zbekistonda o‘z dasturini suratga oldi
11:30 / 05.12.2024