Jamiyat | 11:33 / 17.07.2020
11089
2 daqiqa o‘qiladi

Quyi Chirchiq tumani hokimi o‘rinbosari va hokimlikning yana ikki nafar xodimi jarimaga tortildi

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devoni tomonidan Toshkent viloyatining tuman va shaharlarida tadbirkorlar tomonidan import qilingan uskunalarni ishga tushirish ahvoli o‘rganilgan.

Foto: toshvil.uz

O‘rganish natijalariga ko‘ra, Quyi Chirchiq tumani hokimligi mavjud muammolarni aniqlab ularni bartaraf etish borasida yo‘llangan murojaatlarga ma'uliyatsizlik bilan yondoshib kelganligi aniqlangan. 

Natijada tuman hokimining iqtisod masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari A.Karimjonovga nisbatan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, Oqqo‘rg‘on tumani ma'muriy sudining qarori bilan unga bazaviy hisoblash miqdorining 5 barobari miqdorida ma'muriy jarima tayinlangan. 

Bundan tashqari, Vakil Devoni xodimlari tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishda tadbirkorlik sub'yektlarining murojaatlarini ko‘rib chiqish muddatlari buzilganligi uchun Quyi Chirchiq tuman arxitektori O.Xabibullayev va tuman xokimligi mas'ul xodimi B.Sobirjonovlarga nisbatan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, ma'muriy sud qarori bilan ularning har biriga eng kam oylik ish xaqining 3 (uch) barobari miqdorida ma'muriy jarima belgilangan, deb xabar qilmoqda Prezident huzuridagi Tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha Vakil devoni.

Mavzuga oid