O‘zbekiston | 09:27 / 18.07.2020
8943
2 daqiqa o‘qiladi

Qabul–2020: Test sinovlarida qatnashish uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni 1,2 millionga yaqinlashdi

2020 yil 17 iyul holatiga respublika bo‘yicha jami 1 million 193 ming 169 nafar (joriy yilgi bitiruvchilar - 482 011 nafar) abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi.

Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi axborot xizmati ma'lum qilmoqda.

Shundan, ta'lim shakli bo‘yicha:

  • kunduzgi — 673 450 nafar;
  • sirtqi — 493 296 nafar;
  • kechki — 26 423 nafar.

Hududlar miqyosida:

1. Toshkent shahri — 322 253 nafar;

2. Samarqand viloyati — 113 237 nafar;

3. Farg‘ona viloyati — 93 698 nafar;

4. Andijon viloyati — 89 762 nafar;

5. Qashqadaryo viloyati — 78 851 nafar;

6. Surxondaryo viloyati — 73 648 nafar;

7. Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 66 295 nafar;

8. Namangan viloyati — 58 947 nafar;

9. Toshkent viloyati — 62 891 nafar;

10. Jizzax viloyati — 57 473 nafar;

11. Buxoro viloyati — 52 021 nafar;

12. Xorazm viloyati — 47 149 nafar;

13. Navoiy viloyati — 37 550 nafar;

14. Sirdaryo viloyati — 34 098 nafar.

Tillar kesimida:

  • o‘zbek tilida — 1 046 442 nafar (87,8 foiz)
  • rus tilida — 109 554 nafar (9,2 foiz)
  • qoraqalpoq tilida — 34 629 nafar (2,8 foiz)
  • boshqa tillarda — 2 544 (0,2 foiz).

Eng ko‘p abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan OTMlar:

·       Samarqand davlat universiteti — 61 587 nafar

·       Andijon davlat universiteti — 49 008 nafar;

·       Qarshi davlat universiteti — 46 957 nafar;

·       Namangan davlat universiteti — 42 916 nafar;

·       Toshkent davlat pedagogika universiteti — 42 426 nafar.

Abituriyentlarni ro‘yxatdan o‘tkazish joriy yilning 20 iyuliga qadar (shu kuni ham) amalga oshiriladi.

Mavzuga oid