Light | 16:22 / 18.07.2020
26245
2 daqiqa o‘qiladi

Tabiat va milliylik uyg‘unlashganda: dunyo ayollarining an'anaviy liboslari (foto)

Polshalik suratchi Anita Demianovich turli davlatlarda bo‘lib, mahalliy aholining milliy liboslarini tabiat bilan uyg‘unlikda suratga oldi. Boredpanda.com sayti suratkashning o‘ziga xos uslubdagi suratlari jamlanmasini taqdim etdi.

Foto: Anita Demianovich

Anita 8 yillik faoliyati davomida juda ko‘p inshoot, shahar, xushmanzara joylarni suratga olgan. U ayniqsa tabiat manzaralarini rasmga olishni yoqtiradi. Suratkashning galdagi galereyasidan o‘rin olgan rasmlar nihoyatda go‘zal va takrorlanmas ekani bilan ajralib turadi.

Fotograf sayohatlari davomida inson va tabiatni professional darajada birlashtirishga harakat qildi. U 12 davlatni kezib, shu hududlarning an'anaviy kiyimlari bilan uyg‘unlikda mo‘jizaviy joylarini ham suratga oldi.

Ijodkor o‘z galereyasiga «An'anaviy dunyo liboslari» deb nom berdi. U o‘z mehnat mahsuli haqida shunday deydi:

«Tasavvur qilgan manzaralarimni izlab topganimdan so‘ng ham suratlarimda nimadandir yetishmayotgandi. Shunda yerlik aholining milliy liboslarini hududdagi manzara bilan uyg‘unlashtirish fikri tug‘ildi.

Sayohatim 2016 yilda Chexiyadan boshlangan edi. Bu yerdagi milliy liboslarni topish, ijaraga olish oson bo‘lmadi. Ayniqsa Shotlandiya, Norvegiyada milliy kiyimlar ijarasi anchagina qimmat edi.

Kolleksiya juda ko‘p vaqt olganiga qaramay, buni uddaladim deb o‘ylayman. Ammo bu ish tugaganini anglatmaydi. Ushbu galereyada hali bo‘sh joylar bor va ular o‘z suratini kutyapti», – deydi Anita Demianovich.

Nikaragua, Leon

Italiya, Dolomiti

Gvatemala, Vulkan Akatenango

Salvador, Puyerta del Diablo

Kosta-Rika, Rinkon de Vexa

Fransiya, Provans

Norvegiya, Lofoten orollari

Shotlandiya, Skav oroli

Germaniya, Skay oroli

Chexiya Respublikasi, Moraviya

Ispaniya, Tenerife

Meksika, Yukatan

Mavzuga oid