O‘zbekiston | 00:27 / 27.07.2020
9566
2 daqiqa o‘qiladi

«Zarafshon» milliy tabiat bog‘ida yong‘in sodir bo‘ldi

Samarqand viloyatidagi Jomboy tumani hududida «Zarafshon» milliy tabiat bog‘ida yong‘in sodir bo‘lib, olov 2 ming kvadrat metr maydonni qamrab olgan.

Foto: «O‘zbekiston 24»

Yong‘in 26 iyulga o‘tar kechasi soat 00:47larda boshlangan. Oqibatda to‘qayzorning 2000 kvadrat metri yonib ketgan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga ko‘ra, maydon o‘rab olinib, yong‘in bartaraf etilgan. Ofat oqibatida faqat quruq o‘t yongani aytilmoqda.

Foto: «O‘zbekiston 24»

Yong‘inning kelib chiqish sabablari hozircha o‘rganilmoqda.

Foto: «O‘zbekiston 24»

Ma'lumot uchun, «Zarafshon» milliy tabiat bog‘i O‘zbekistondagi 10 qo‘riqhona va milliy bog‘lardan biri bo‘lib, 1975 yilda qo‘riqxona sifatida tashkil qilingan, keyinchalik milliy tabiat bog‘iga aylantirilgan.

Bog‘ maydoni 2352 gektarni tashkil qiladi. Asosiy maqsadi – respublikada yo‘qolib borayotgan jonzotlar populyatsiyasini tiklash va saqlash, boshqa qush va hayvonlar turlarini muhofaza qilishdan iborat. Bu yerda 1995 yildan Buxoro bug‘usini ko‘paytirish ishlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid