Malayziyaning sobiq bosh vaziri 4 milliard dollarni o‘marganlikda aybdor deb topildi
2008-2018 yillarda Malayziyaning bosh vaziri bo‘lgan Najib Razzoq xizmat mavqeini suiiste'mol qilganligi uchun 12 yilga qamaldi.
Tergovchilar sobiq bosh vazir tomonidan asos solingan Malayziya suveren jamg‘armasidan 4 milliard dollar o‘g‘rilanganini isbotladilar.
Razzoqning partiyasi 2018 yil mayida parlament saylovlarida mag‘lubiyatga uchragan edi. Razzoq bosh vazirlikdan iste'foga chiqqach, unga nisbatan 681 million dollar mablag‘ni talon-toroj qilish, pora olish, pullarni yuvish, xizmat mavqeini suiiste'mol qilish holatlari bo‘yicha jinoiy ishlar qo‘zg‘atildi.
Najib Razzoq korrupsiyaga aloqadorlik ayblovi bilan 2018 yil iyul oyida hibsga olindi. Malayziya politsiyasi unga nisbatan 681 million dollarning noqonuniy o‘zlashtirishi bilan bog‘liq 21 holat bo‘yicha ayblov e'lon qildi.
Keyinchalik u umumiy qiymati 1,5 mlrd ringgitga (367,9 million dollar) teng miqdordagi soliqni to‘lamaganlikda gumon qilindi. Bu ishlar bo‘yicha tergov harakatlari davom etmoqda.
Mavzuga oid
19:09 / 20.12.2024
Malayziya 10 yil oldin yo‘qolgan MH370 reysini qidirish ishlarini qayta boshlashga qaror qildi
14:10 / 20.12.2024
Malayziya banki O‘zbekistonda o‘z filialini tashkil etishi mumkin
10:55 / 18.12.2024
Malayziya bilan "aqlli" shahar texnologiyasi bo‘yicha qo‘shma loyihalar amalga oshiriladi
22:20 / 08.12.2024