Sport | 21:18 / 29.07.2020
8431
2 daqiqa o‘qiladi

«Bunyodkor» yarimhimoyachisi Jasur Jaloliddinov Moskva klubiga o‘tdi

Moskvaning «Lokomotiv» klubi 18 yoshli yarimhimoyachi Jasur Jaloliddinov bilan 5 yillik shartnomani imzoladi. Futbolchi yangi jamoasi tarkibida 23-raqamda to‘p tepadigan bo‘ldi.

«Albatta «Lokomotiv» haqida ko‘p ma'lumotga egaman. Klubga o‘tmasimdan oldin uning tarixini o‘rgandim, chempion bo‘lgani haqidagi filmni tomosha qildim, jamoadagi futbolchilar haqida ham bilaman. 

Aleksey Miranchuk bilan tanishib olmoqchiman, biz bir xil uslubda o‘ynaymiz va o‘zim ham chapaqayman. Biroz hayajondaman, ammo bu yaxshi, chunki mas'uliyatni his qilyapman. O‘yin boshlanganda esa hayajon ortda qoladi», - deb futbolchi so‘zlarini keltirmoqda klub matbuot xizmati.

Jasur Jaloliddinov 2002 yilda tug‘ilgan, «Bunyodkor» akademiyasining tarbiyalanuvchisi. Asosiy jamoa tarkibida 16 yoshu 80 kunlikda debyut qilib, O‘zbekiston chempionatlari tarixidagi eng yosh debyutant bo‘lgan. «Bunyodkor» tarkibida 32ta o‘yinda maydonga tushib, 3ta gol urgan va shuncha golga hammualliflik qilgan. Markaziy va hujumkor yarimhimoyachi, chap va o‘ng qanot hujumchisi, shuningdek markaziy hujumchi nuqtalarida o‘ynagan. 2020 yil 23 fevral kuni O‘zbekiston milliy jamoasi tarkibida Belarusga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida debyut qilgan.

2019 yilda The Guardian nashri Jaloliddinovni «Dunyo futbolining 60 nafar yosh iqtidorlari» ro‘yxatiga kiritgan edi.

Mavzuga oid