O‘zbekiston | 08:21 / 29.07.2020
23096
2 daqiqa o‘qiladi

Milliy rassomlik va dizayn institutiga kirish imtihon natijalarini baholash mezonlari tasdiqlandi  

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tomonidan K.Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutiga kirish (ijodiy) imtihon natijalarini baholash mezonlari va ballari tasdiqlandi.

«San'atshunoslik» yo‘nalishi bo‘yicha «Tasviriy va amaliy san'at tarixi» fanining ijodiy imtihon natijalarini baholashda eng yuqori ball 189 ballni tashkil etadi, deb yozmoqda Norma. 

Shu jumladan:

  • jahon va milliy san'at rivojidagi asosiy bosqichlarni bilganligi uchun – 63 ball;
  • Yevropa tasviriy san'atining yirik namoyondalari ijodini bilganligi uchun – 63 ball;
  • tasviriy va amaliy san'at ustalari ijodi, o‘zbek me'moriy yodgorliklari haqidagi bilimi uchun – 63 ball.

Rangtasvir turlari bo‘yicha ijodiy imtihon «Kompozitsiya» fani bo‘yicha amaliy ish natijalari asosida, 19 turdagi maxsus kasbiy mezonlardan kelib chiqqan holda baholanadi – eng yuqori ball 189 ballni tashkil etadi.
 
«Dizayn» yo‘nalishi bo‘yicha ballar ushbu fan bo‘yicha amaliy ishlar bahosidan kelib chiqib qo‘yiladi (189 ball). Bunda kunduzgi va sirtqi ta'lim shaklidagi oltita turli fan, xususan, kompyuter grafikasi va badiiy foto, libos va gazlamalar dizayni, grafika, amaliy san'at, haykaltaroshlik yo‘nalishlari ijodiy imtihonlari natijalar tegishli maxsus kasbiy mezonlar bo‘yicha baholanadi.
 
Shuningdek hujjatda grafika, amaliy san'at va haykaltaroshlik yo‘nalishlari bo‘yicha ijodiy imtihonlar natijalarini baholash mezonlari va ballari keltirilgan.
 
Har bir mezon bo‘yicha qo‘yilgan talab to‘liq bajarilganda uning uchun belgilangan eng yuqori ball, qisman bajarilganda – eng yuqori ballning teng yarmi, umuman bajarilmaganda – 0 ball beriladi.
 
Hujjat 30.06.2020 yildan kuchga kirdi.

Mavzuga oid