Jahon | 00:55 / 09.08.2020
26633
1 daqiqa o‘qiladi

Bayrutda namoyishchilar to‘rtta vazirlik binosini egallab oldi

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Bayrutdagi to‘qnashuvlarda 230dan ortiq kishi jarohatlangan.

Foto: REUTERS

Bayrutda namoyishchilar Livan energetika vazirligi binosini egallab olishdi.

Avvalroq tartibsizliklar ishtirokchilari iqtisodiy, atrof-muhit va tashqi ishlar vazirliklari binosiga bostirib kirishgani xabar qilingandi. 

Minglab kishilar hukumat iste'fosi va islohotlar o‘tkazilishini talab qilib norozilik namoyishiga chiqqan. Ular politsiya xodimlariga turli buyumlar uloqtirgan, politsiya esa ko‘zdan yosh oqizuvchi granatalar qo‘llagan.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Bayrutdagi to‘qnashuvlarda 230dan ortiq kishi jarohatlangan.

Mamlakat bosh vaziri Hasan Diab Al-Mayadeen telekanali orqali chiqishida muddatidan oldin parlament saylovlari o‘tkazishni taklif qilganini aytgan.

Mavzuga oid