Okeandagi eng katta «chiqindi oroli»ning o‘lchami Fransiya bilan tenglashdi
Tinch okeanidagi plastik chiqindilardan shakllangan «orol» tobora kattalashib bormoqda.
Uning o‘lchamini Fransiya bilan taqqoslash mumkin, deb xabar berdi Jak-Iv Kustoning nabirasi, okeanolog Filipp Kusto va uning turmush o‘rtog‘i Ashlan Brok.
«Okeanlarda 5ta katta «chiqindi orollari» shakllangan. Ular okean oqimlarining o‘ziga xos xususiyatidan paydo bo‘lgan... Unga dunyoning barcha burchaklaridan oqib kelgan plastik to‘planmoqda. Eng katta «chiqindi oroli» Tinch okeanida joylashgan. Uning o‘lchami AQShning Texas shtatidan ham katta, hududi Fransiyaniki bilan teng», - dedi Brok.
«Chiqindi orollari» asosan daryolardan okeanga oqib keladigan plastikdan shakllanadi, deb qo‘shimcha qildi Filipp Kusto. U EarthEcho International tabiatni muhofaza qilish jamg‘armasining asoschisi hisoblanadi va yoshlarni daryolarni plastik chiqindilardan tozalash ishlariga jalb qiladi.
Mavzuga oid
10:19
Chiqindidan qarzni to‘lash uchun fuqarolarga 5 kun muddat beriladi
16:12 / 20.12.2024
Chiqindilarni boshqarish sohasida to‘lov intizomini mustahkamlashga qaratilgan qonun loyihasi qabul qilindi
12:58 / 19.12.2024
O‘zbekiston bo‘ylab ikki mingga yaqin noqonuniy chiqindixonalar aniqlandi - «O‘zbekkosmos»
14:33 / 01.12.2024