Prezident Abduhakimovga Bo‘stonliq tumani rahbarligini bajarishni yuklatish taklifini berdi
Bosh vazir o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimovga Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumani rahbarligini bajarish yuklatiladi.
«Davlatimiz rahbari hududni to‘liq turistik zona sifatida rivojlantirish va rejadagi loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish maqsadida Bosh vazir o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisiga parallel ravishda, yangi tajriba tariqasida Bo‘stonliq tumaniga rahbarlik vazifasini bajarishni yuklatish taklifini bildirdi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Ma'lumot uchun, Aziz Abduhakimov 2018 yildan buyon bosh vazir o‘rinbosari lavozimida ishlab kelmoqda. 2019 yilning yanvarida unga Samarqand shahridagi «Ipak yo‘li» Xalqaro turizm universiteti rektori vazifasini bajarish yuklatilgandi.
Eslatib o‘tamiz, Bo‘stonliq tumaniga 2018 yil fevralidan buyon G‘ayrat Madaminov rahbarlik qilib kelmoqda.
Ayni vaqtda u ham tuman hokimi lavozimida ishlashda davom etadi.
Mavzuga oid
16:12 / 20.12.2024
Chiqindilarni boshqarish sohasida to‘lov intizomini mustahkamlashga qaratilgan qonun loyihasi qabul qilindi
17:45 / 18.12.2024
Bo‘stonliqda Sibir tog‘ echkisi ovlangani ma’lum bo‘ldi
09:24 / 12.12.2024
Turizmni tabiat bilan uyg‘unlikda rivojlantirishga oid o‘quv seminari boshlandi
15:20 / 03.12.2024