Bo‘stonliq tumanida “Baxt” sport-sog‘lomlashtirish majmuasi foydalanishga topshirildi
Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida “Baxt” sport-sog‘lomlashtirish majmuasi” davlat muassasasi qurilib, foydalanishga topshirildi.
Chimyon qishlog‘ida bunyod etilgan mazkur majmuada aholi uchun sog‘lomlashtirish va dam olish tadbirlari tashkil etiladi. Shuningdek, bu yerda sport, ko‘ngilochar va tantanali marosimlarni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha ham xizmatlar ko‘rsatiladi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Ta'kidlash joizki, sihatgoh Chimyon tog‘ tizmasining janubiy yonbag‘irlarida joylashganligi sababli, atmosfera bosimi nisbatan past va havoning kislorod va ultrabinafsha nurlari bilan to‘yinganligi yuqori nafas yo‘llari va asab tizimi kasalliklarini davolash uchun ham juda foydali.
Umumiy maydoni 6 gektarni tashkil etuvchi majmua o‘zida barcha qulayliklarga ega bo‘lgan 15 ta oilaviy kottedj va 12 ta dam olish xonalarini qamrab oladi. Shuningdek, bu yerda ochiq va yopiq suv havzasi, zamonaviy jihozlangan sport maydonchasi, bolalar o‘yingohi ham tashkil qilingan.
Yilning to‘rt faslida o‘z ko‘rkamligini yo‘qotmaydigan manzarali va mevali daraxtlardan iborat so‘lim bog‘, tabiatning go‘zal manzarasi bu yerga dam olish uchun kelgan mehmonlar va bemorlar sog‘lig‘ini tezda tiklanishi va ularning ajoyib dam olishlari uchun ko‘maklashadi.
Sihatgohda yuqori darajadagi sifatli xizmat ko‘rsatish tizimi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bu esa yurtdoshlarimizning maroqli dam olishlariga xizmat qiladi.
Mavzuga oid
17:45 / 18.12.2024
Bo‘stonliqda Sibir tog‘ echkisi ovlangani ma’lum bo‘ldi
19:02 / 14.08.2020
Prezident Abduhakimovga Bo‘stonliq tumani rahbarligini bajarishni yuklatish taklifini berdi
20:49 / 21.07.2020
Bo‘stonliqda buzilishi kutilayotgan 24ta uydan 2tasi uchun kompensatsiya beriladi - Xolmo‘min Yodgorov
22:00 / 25.06.2020