Fuqaroni 50 000 dollarga aldagan shaxslar ushlandi
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
2019 yilning aprel va may oylari davomida 39 yoshli A.E. o‘zining otasi N.E. va qarindoshi M.X. bilan jinoiy til biriktirib, o‘zaro jinoiy reja tuzgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, u Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida yashovchi fuqaro X.M.ning Toshkent shahridan ko‘chmas mulk sotib olish niyati borligidan xabar topib, uning pullarini aldash va ishonchni suiiste'mol qilish yo‘li bilan qo‘lga kiritishni ko‘zlab jinoiy sheriklari - otasi N.E. va qarindoshi M.X.ning yordamidan foydalanib, X.M.ga Toshkent shahridagi metro bekati yaqinida joylashgan ko‘p qavatli binoning 1-qavatidagi noturar joyni 50 ming AQSh dollari evaziga sotib olishda yordam qilishlarini va'da qilgan.
Qayd etilishicha, ular X.M.dan 50 ming AQSh dollari miqdoridagi pullarni bo‘lib-bo‘lib Chiroqchi tumani markazi va Toshkent shahrining turli joylarida olib, noturar joyni sotib olishda hech qanday amaliy yordam ko‘rsatmasdan, X.M.ning ishonchini suiiste'mol qilib, qo‘lga kiritgan pullarini shaxsiy ehtiyojlariga sarflab yuborganlar.
Mazkur holat yuzasidan Chiroqchi tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Jinoyat ishi bo‘yicha A.E. va M.X. ayblanuvchi tariqasida jalb qilinib, ularga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.
Mavzuga oid
16:45 / 22.12.2024
Jizzaxda tadbirkorning binosi uchun foydalanishga ruxsatnoma olib bermoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
09:50 / 18.12.2024
Yevropada keksa kishilarni aldagan firibgarlar tarmog‘i fosh etildi
10:00 / 10.12.2024
Moliyaviy firibgarliklarning oldini olishda antifrod tizimlarning roli qanday?
18:08 / 28.03.2024