Povetkin Uaytni nokautga uchratdi. U endi Tayson Fyuri bilan jang qilishi mumkin
22 avgust kuni Brentvudda (Buyuk Britaniya) professional boks kechasi bo‘lib o‘tdi. «Jangchilar bog‘i»dagi ushbu oqshomdagi asosiy jangda rossiyalik Aleksandr Povetkin va britaniyalik Dillian Uayt to‘qnashdi. WBC bo‘yicha vaqtinchalik jahon chempioni va WBC Diamond kamari tikilgan ushbu jang 40 yoshli rossiyalik bokschi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Povetkin to‘rtinchi raund davomida ikki marta nokdaun holatiga tushdi, ammo u beshinchi raundda apperkot zarbasi bilan raqibni nokautga uchratdi.
Aleksandr Povetkin uchun bu 2020 yildagi ilk jang edi. U so‘nggi marta 2019 yil dekabrida ringga ko‘tarilgan, Saudiya Arabistonidagi boks kechasida Maykl Hanterga qarshi jang durang natija bilan tugagandi. O‘sha turnirda Dillian Uayt ham ishtirok etib, Mariush Vaxni mag‘lub etgandi. Rossiyalik bokschi shu vaqtgacha professional boksda 39 jang o‘tkazib, 36 g‘alabaga (25tasi — nokaut bilan) erishgan, ikki bor mag‘lub bo‘lgan va bir jang durang bilan tugagan.
HOLY SHIT POVETKIN JUST DID THAT pic.twitter.com/cauFrB0nbL
— DAZN USA (@DAZN_USA) August 22, 2020
Povetkin endi Tayson Fyuri egalik qiladigan WBC kamari uchun majburiy da'vogarga aylandi.
Ayni vaqtda 32 yoshda bo‘lgan Fyuri hisobida professional boksda 30 g‘alaba (shundan 21tasi nokaut bilan) va bir durang bor.
Mavzuga oid
08:47 / 22.12.2024
Usik Fyurini yana yengdi
21:57 / 18.12.2024
Fyuri va Usik boks jangida ilk marta sun’iy intellektga asoslangan hakam bo‘ladi
04:18 / 15.12.2024
Murodjon Ahmadaliyev nokaut bilan g‘alaba qozonib, kamar sohibiga aylandi
15:42 / 13.12.2024