Viskonsin shtati gubernatori Trampdan shtatga kelmaslikni iltimos qildi
AQShning Viskonsin shtati gubernatori Toni Evers AQSh prezidenti Donald Trampga rasmiy maktub yo‘llab, undan shtatda joylashgan Kenosha shahriga kelmaslikni so‘radi. Kenoshada politsiyachilar tomonidan qora tanli Jyeykob Bleyk yaralangandan keyin oxirgi kunlarda tartibsizliklar yuz bermoqda.
“Tushunishimcha, siz Kenoshaga kelmoqchisiz va Oq uydagi xabarlarga ko‘ra, siz buni yakshanba [1 sentabr] kuni amalga oshirmoqchisiz. Sizdan bu rejangiz borasida yana bir bor o‘ylab ko‘rishni iltimos qilaman”, deyilgan gubernatorning maktubida.
Uning ta'kidlashicha, Trampning shaharga kelishi vaziyatni yanada chigallashtirib, namoyishchilar va mahalliy hokimiyat o‘rtasidagi ziddiyatlarni yengib o‘tish jarayonini sekinlashtiradi.
“Men va shtatdagi jamoatlarning boshqa yetakchilari sizning Kenoshaga kelishingiz shtat uchun nimani anglatishidan xavotirlanmoqdamiz”, deb ta'kidlab o‘tgan Evers va hozirda jamiyatni tiklash uchun resurslarni tejash kerakligini qo‘shimcha qilgan.
Kenoshadagi ommaviy noroziliklar 23 avgustdan beri davom etib kelmoqda. Ular qora tanli Jyeykob Bleyk politsiya tomonidan yaralangandan keyin boshlangan.
Avvalroq Tramp AQShdagi tartibsizliklarni to‘xtatishning yagona yo‘li kuch qo‘llash hisoblanishini aytgan. “Demokratlar tomonidan boshqariluvchi, jinoyatchilik darajasi yuqori bo‘lgan shaharlardagi zo‘ravonlikni to‘xtatishning yagona yo‘li – kuch qo‘llashdir!”, deb yozgan AQSh prezidenti tvitterda.
Mavzuga oid
10:32 / 17.12.2024
Viskonsindagi maktabda yuz bergan otishmada uch kishi halok bo‘ldi
15:52 / 19.08.2023
Odam tanlamaydigan “huquqiy mashina”. Tramp nega ta’qib qilinmoqda?
15:51 / 14.04.2022
Bayden ortidan Tramp ham Ukrainada tinch aholi o‘ldirilishini genotsid deb atadi
19:04 / 17.03.2022