Jamiyat | 13:00 / 01.09.2020
9041
4 daqiqa o‘qiladi

Jizzakh Petroleum: texnik imkoniyatlari jihatidan MDHda yagona kimyoviy kompleks loyihasi ustida ish olib borilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaroriga muvofiq Jizzakh Petroleum kompaniyasi O‘zbekistondagi MTO («Loyiha») texnologiyalari asosidagi yangi zamonaviy kimyoviy kompleksi loyihasining majoritar investorlaridan biriga aylandi. Loyihaning amalga oshirilishi haqida ilk marta 2019 yilning mayida xabar berilgandi.

Ushbu kimyoviy kompleks o‘z kengligi va texnik imkoniyatlari jihatidan MDH davlatlari hududida yagona sanaladi. Zavod O‘zbekistonning Buxoro viloyatida quriladi va u mahalliy xomashyo asosida faoliyat olib boradi. Bu eksportga qaratilgan yuqori qo‘shimcha qiymatli gaz-kimyoviy mahsulotlarni ishlab chiqarish hisobiga tabiiy gazni sotish imkonini beradi.

Loyihaning muvaffaqqiyatli amalga oshirilishi O‘zbekiston iqtisodiyotini diversifikatsiya qilinishiga, tekstil, kimyoviy, parafarmatsevtik sanoatning rivojlanishiga va O‘zbekistondagi import hajmining kamayishiga olib keladi.

Zavodning hududiy joylashuvida raqobatbardosh xomashyo va energiya manbalarining mavjudligi, infratuzilmaning qulayligi, Yevropa va Osiyoning asosiy bozorlariga yaqinligi inobatga olindi. Ushbu loyiha mahalliy hududda O‘zbekistonning energetika bo‘yicha liderligini yanada kuchaytiradi.

«Jizzakh Petroleum» QK MChJ bosh direktori janob Shokir Fayzullayev qo‘yidagicha fikr bildirdi:

– Bugungi qiyin vaziyatga qaramasdan, biz noyob va ulkan loyihani amalga oshirishda katta o‘zgarishlar qila olganimizdan mamnunmiz. Biz sof va xavfsiz kelajak yo‘lida O‘zbekiston va butun hudud uchun yangi uglerod iqtisodiyotini yaratishda innovatsion loyihalar va ularning yechimini qo‘llab quvvatlash orqali asosiy rolni bajarishga harakat qilayapmiz.

Jamiyat uchun yuqori sifatli mahsulotni ishlab chiqaradigan dunyo miqyosidagi kimyoviy kompaniya tuzish niyatidamiz va bu loyiha bizning tasavvurimizga to‘liq mos keladi. Bizning yondashuvimiz ishlab chiqarish masalalarini to‘g‘ridan to‘g‘ri hal etishgagina emas, balki barcha yetkazib beruvchilar zanjirini va qiziqqan tomonlar manfaatlarini hisobga olishga qaratilgan. Biz iqtisodiyotimizga katta hissa qo‘shadigan, O‘zbekiston va O‘rta Osiyo xalqi manfaatlariga xizmat qiladigan zamonaviy kompleksni ruyobga chiqarishda barcha hamkorlar va maslahatchilar bilan yaqindan va uzoq muddatli hamkorlikka tayyormiz.

Loyiha ustidagi ishlar uzluksiz davom etmoqda va Covid 19 pandemiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarga qaramasdan birinchi bosqich yakunlangan. Loyihaning marketing tahlili va konfiguratsion tadqiqoti texnik hamkor va maslahatchilar, jumladan IHS Markit, Nexant i Amec Foster Wheeler (Wood) yordamida tugatildi. Bugungi kunda so‘nggi bosqich lisenziarlarni tanlash bosqichi yakunlanmoqda, shundan so‘ng zavodning bazaviy loyihasi (FEED) ustida ish boshlanadi.

IHS Markit tadqiqot xulosasi asosida 47 ishlab chiqilayotgan keyingi bosqich olifinlardan 18 ta yakuniy mahsulot tanlab olingan. Shundan so‘ng Nexant kompaniyasi 18 xildagi mahsulotni detalli marketing tahlil qildi, rejali ishlab chiqarishga qo‘yidagilar kirgizildi: zichligi past polietilen (PENP), etilen-vinilatsetat (EVA), polietilentereftalat (PET) va polipropilen (PP).

Marketing tadqiqotlari natijalari zavodni bunyod etishdagi bazaviy konfiguratsiyaning turli variantlari uchun asos bo‘lib xizmat qildi. AFW (Wood) loyihalarning turli konfiguratsiyalarini tadqiq qilib, bo‘lajak gaz-kimyoviy kompleks uchun eng optimal variantni tanladi. Konfiguratsiya tahlillariga asosan qurilish summasi 2.8 mlrd dollarni tashkil qiladi.

Qurilish ishlari bitgach, bir yilda 500,0 ming tonna olefin ishlab chiqish quvvatiga ega yangi zamonaviy zavod 1,5 mlrd kub metr tabiiy gazni qayta ishlaydi va jahon iqtisodiyotining ko‘plab sektorlarida ishlatiladigan yuqori sifatli polimerlarni ishlab chiqaradi.

«Jizzakh Petroleum» QK MChJ axborot xizmati

Mavzuga oid