Ramzan Qodirovning qizi vazir o‘rinbosari etib tayinlandi
Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning to‘ng‘ich qizi Ayshat Qodirova madaniyat vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Qodirov Telegram kanalida xabar bergan.
Checheniston birinchi prezidenti Ahmad Qodirovning 21 yoshli nabirasi Ayshat shu paytgacha Firdaws modalar uyini boshqarib kelayotgandi.
«Yosh bo‘lishiga qaramay, u xususan madaniyati sohasida keng ko‘lamli va murakkab loyihalarni boshqarish tajribasiga ega... Ayshat Checheniston Respublikasi filarmoniyasi taraqqiyotiga katta hissa qo‘shgan. Shuningdek, joriy yil mart oyida «Checheniston oldida ko‘rsatgan xizmatlari uchun» medali bilan haqli ravishda taqdirlan», — deydi Ayshatning otasi, mamlakat rahbari Ramzan Qodirov.
Yosh dizaynerning mualliflik ko‘ylaklar to‘plami Parij, Moskva va Grozniy shaharlarida tashkil etilgan. Ushbu brend esa 2009 yili Ayshatning onasi, Ramzan Qodirov turmush o‘rtog‘i Medina tomonidan yaratilgandi.
AQSh davlat departamentining Qodirovga nisbatan ilgari surilgan ayblovlari tufayli joriy yil 20 iyul kuni Ayshat ham Amerika sanksiyalari ta'siriga tushgan.
Mavzuga oid
22:28 / 12.12.2024
Ramzan Qodirov 100 mingga yaqin jangchisi urushda qatnashmayotganini tan oldi
10:50 / 06.12.2024
RF Tergov qo‘mitasi Qodirovning Bastrikinga qarshi da’volariga javob qaytardi
09:53 / 06.12.2024
Qodirov Bastrikin, Kolokolsev va migratsiya siyosatiga qarshi chiqdi
23:00 / 04.12.2024