Jamiyat | 16:56 / 05.09.2020
32795
1 daqiqa o‘qiladi

DTM guruh nazoratchisining parta tagiga narsa qo‘ygani aks etgan videoga munosabat bildirdi

Davlat test markazi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan guruh nazoratchisining parta tagiga narsa qo‘yayotgan videosiga munosabat bildirdi.

Foto: Videodan kadr

Xabarlarda mazkur video Toshkent botanika bog‘idagi test hududidan olingani va nazoratchining parta tagiga telefon qo‘ygani iddao qilingan.

DTM bu videoning boshqa kameradan olingan holatlarini ham taqdim etdi.

“Bu yerda hech qanday qoidabuzarlik holati mavjud emas. Guruh nazoratchisi parta tagiga telefon yoki shu kabi biror qurilma emas, balki tibbiy niqobni qo‘ygan xolos”, - deyiladi DTM xabarida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Davlat test markazi direktori o‘rinbosari Sardor Rajabov ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan test savollari masalasida surushtiruv o‘tkazilayotganini ma'lum qilgan edi.

Mavzuga oid