O‘zbekiston | 11:37 / 15.09.2020
5736
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent – Nurota yo‘nalishida avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yilmoqda

Ushbu yo‘nalish chipta narxi 60 000 so‘m etib belgilangan. 

Navoiy viloyati Nurota tumani aholisi va tumanda joylashgan «Chashma» ziyoratgohiga tashrif buyuruvchilar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida Transport vazirligi qoshidagi Uzautotrans service MChJ tomonidan Toshkent – Nurota yo‘nalishida muntazam avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yilmoqda

Transport vazirligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, mazkur yo‘nalishda qatnovlar joriy yilning 15 sentabr kunidan boshlanadi. Toshkent – Nurota yo‘nalishidagi avtobus soat 11:00da “Toshkent” avtovokzalidan harakatlanishni boshlaydi. Nurota avtovokzalidan esa avtobus soat 6:30da Toshkent shahri tomon yo‘lga chiqadi. Ushbu yo‘nalish chipta narxi 60 000 so‘m etib belgilangan. 

Chiptalarni "Toshkent" avtovokzali kassalaridan, shuningdek, Uztrans.uz yagona interaktiv axborot portali va avtoticket.uz sayti orqali onlayn tarzda sotib olish mumkin. 

Mavzuga oid