Markaziy bank yana bir kompaniyaga to‘lov tashkiloti faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berdi
Markaziy bank boshqaruvining 2020 yil 10 sentyabrdagi qaroriga muvofiq, Genesis Innovation MChJga to‘lov tashkiloti faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berildi. Bu haqda bank matbuot xizmati xabar bergan.
Genesis Innovation'ning Kun.uz'ga ma'lum qilishicha, kompaniya to‘lov tashkiloti faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya olgani ayni paytda ular tomonidan yangi to‘lov tizimini ishga tushirilishini anglatmaydi. Ammo bu haqda kelgusi rejalar hozircha sir saqlanishi ma'lum qilindi.
2019 yili 29 martda tashkil topgan Genesis Innovation IT-kompaniyasi asosan biznes uchun tahlil va tadqiqotlar o‘tkazish, dasturiy ta'minotlar ishlab chiqarish va IT xizmatlari bilan shug‘ullanadi.
Ushbu kompaniya joriy yil 3 iyun kuni elektron birja savdolarida «Kafolat sug‘urta kompaniyasi» aksiyadorlik jamiyatining ustav kapitalidagi 25 foiz davlat aksiya paketi 22 milliard 598 million so‘mga sotib olgandi. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi sug‘urta kompaniya aksiyalarining 66,50 foizi, boshqa yuridik shaxslar 29,80 foizi, jismoniy shaxslar esa 3,70 foiziga egalik qilar edi.
Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotiga ko‘ra, Uzcard protsessing tizimi sobiq rahbari Ahror Mahmudov Genesis Innovation'ga rahbarlik qiladi. Kompaniya ustav fondidagi barcha ulush Doniyor Zufarovga tegishli.
Mavzuga oid
19:16 / 12.12.2024
“Eski namunadagi 100 dollarlik kupyuralarni ayirboshlashda cheklovlar yo‘q” – Markaziy bank
13:16 / 12.12.2024
Markaziy bank asosiy stavkani 13,5 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi
17:52 / 11.12.2024
Timur Ishmetov Markaziy Bank raisi etib tayinlandi
14:41 / 11.12.2024