O‘zbekiston | 10:44 / 16.09.2020
16439
2 daqiqa o‘qiladi

«O‘zbekchorvanasl» agentligi direktori Ohangaron tumaniga hokim bo‘ldi

Xalq deputatlari Ohangaron tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, sessiya ishida viloyat hokimi Rustam Xolmatov, viloyat sektor rahbarlari ishtirok etmoqda.

Viloyat hokimi tuman hokimi lavozimiga Abdurasul Abdullayev nomzodini tavsiya qildi. Ushbu nomzod sessiya ishtirokchilari tomonidan tasdiqlandi.

Abdurasul Abdullayev 1968 yil Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanida tug‘ilgan. 1991 yili Toshkent Xalq xo‘jaligi institutini tamomlagan.

Markaziy bank Samarqand viloyati Bosh boshqarmasi boshlig‘i, «Ipoteka-bank» ATIB boshqaruvi raisi, «O‘zsanoatqurilishbank» OATB boshqaruvi raisi sifatida ishlagan. 2014 yilda O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki boshqaruvi raisi etib tayinlangan. 2019 yilda  u Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari — «O‘zbekchorvanasl» agentligi direktori etib tayinlangan.

Ohangaron tumaniga 2019 yil yozidan buyon Abduvohid Turdiboyev hokimlik qilib kelayotgandi.

Eslatib o‘tamiz, 15 sentabr kuni Piskent tumani «to‘rtligi» ish faoliyatida yo‘l qo‘ygan kamchiliklari uchun ishdan olingandi.

Mavzuga oid