Samarqandda IIB xodimiga 4000 dollarga yaqin pulni pora tariqasida bergan fuqaro qo‘lga olindi
Prokuratura organlari tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Samarqand viloyati Payariq tumani IIB xodimlari tomonidan tumanning "G‘allakor" mahallasida yashovchi fuqaro Sh.ning yashash uyi ko‘zdan kechirilgan. Bu haqda Samarqand viloyati IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Tadbir davomida uyda tarkibida oltin moddasi bo‘lishi ehtimoli bo‘lgan toshlarni maydalash uchun mo‘ljallangan tegirmon, tegirmon ichidan 300 kilogramm qum, 25 qop tosh (2 tonna), 31 qop qum (1,5 tonna) aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.
Shu vaqtda Sh.ning xonadoniga Qo‘shrabod tumani "Boytup" qishlog‘ida yashovchi qarindoshi, fuqaro B. kelib, tosh va qumlarni hujjatlashtirib olib ketmaslik evaziga IIB xodimlariga 2000 AQSh dollarini taklif qilgan. IIB xodimlari fuqarolarga pora berish jinoyat ekanligini tushuntirishmasin, "ishni bosdi-bosdi qilish uchun kelishuv" 4000 AQSh dollari miqdorigacha ko‘tarilib, fuqarolar pora taklif qilishda davom etgan, deyiladi xabarda.
IIB xodimining qilgan murojaatiga asosan, 2020 yil 15 sentabr kuni IIV O‘z xavfsizligi boshqarmasi Samarqand viloyati bo‘limi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi.
O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro B. IIB xodimiga 17 000 000 so‘m miqdordagi pullar va 1900 AQSh dollarini pora tariqasida bergan vaqtida daliliy ashyolar bilan ushlandi.
Hozirda prokuratura organlari tomonidan har ikkala fuqaroga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
21:00 / 09.12.2024
200 dollarlik fotosurat, “ish bitirgan” kurka bolalari va qo‘shmachining “tanka”si – noodatiy poralar
19:25 / 02.12.2024
Navoiyda pora olgan IIB xodimi ozodlikdan mahrum qilindi
12:07 / 30.11.2024
Davlat kadastrlar palatasining Yangihayot tuman filiali sobiq boshlig‘i 12 yilga qamaldi
14:48 / 17.11.2024