Jamiyat | 10:53 / 20.09.2020
5861
2 daqiqa o‘qiladi

21 sentyabrdan Toshkentda an'anaviy ta'limga qaytilgan maktablar soni 160taga yetadi

Toshkent shahar xalq ta'limi bosh boshqarmasi 2020 yil 21 sentyabrda faoliyatini an'anaviy tarzda boshlaydigan maktablar ro‘yxatini keltirdi.

Qayd etilishicha, 2020 yilning 21 sentyabrdan boshlab Bektemir tumanidagi 290, 292-sonli maktablar, Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 35, 54, 112, 142, 187, 207, 225, 256, 275, 308-sonli maktablar, Mirzo Ulug‘bek tumanidagi PMTIDUM hamda MAFIDUM, Shayxontohur tumanidagi 299-sonli maktab, Yunusobod tumanidagi 53, 72, 87, 88, 105, 150, 235, 302 hamda 313-sonli maktablar ham o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yadi.

Ma'lum qilinishicha, 2020 yil 21 sentabr holatiga Toshkent shahridagi 318ta umumta'lim muassasalaridan quyidagi 160tasi an'anaviy tarzda faoliyat ko‘rsatadi:

  1. Bektemir tumanidagi 289, 290, 292-sonli maktab.
  2. Mirobod tumanidagi 31, 56, 57, 60, 65, 94, 125, 147, 154, 158, 175, 213, 214, 218, 328-sonli maktablar.
  3. Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 18, 27, 35, 49, 50, 54, 64, 112, 121, 142, 187, 207, 208, 209, 210, 221, 225, 256, 223, 241, 275, 308-sonli maktablar, FFIDUM, PMTIDUM, MAFIDUM.
  4. Olmazor tumanidagi 1, 11, 15, 16, 24, 29, 36, 46, 159, 165, 185, 224, 233, 234, 242, 243, 249, 261, 298, 326-sonli maktablar hamda 106-maktab-internat.
  5. Sergeli tumanidagi 2, 55, 33, 266, 267, 269, 303-sonli maktablar.
  6. Uchtepa tumanidagi 14, 38, 44, 81, 106, 107, 193, 194-sonli maktablar.
  7. Chilonzor tumanidagi 66, 90, 168, 184, 195a, 200, 202, 217, 280-sonli maktablar.
  8. Shayxontohur tumanidagi 10, 19, 37, 39, 41, 34a, 82, 84, 85, 92, 113, 132, 136, 157, 180a, 169, 186, 254, 299, 314, 316, 320, 324-sonli maktablar.
  9. Yunusobod tumanidagi 5, 9, 12, 17, 21, 43, 51, 53, 58, 63, 70, 72, 80, 87, 88, 96, 98, 105, 150, 235, 246, 250, 257, 259, 260, 271, 272, 273, 288, 302, 313, 327-sonli maktablar hamda TFIDUM.
  10. Yakkasaroy tumanidagi 25, 26, 48, 89, 118, 144, 172, 321-sonli maktablar.
  11. Yashnobod tumanidagi 30, 69, 151, 161, 166, 212, 227, 244-sonli maktablar.

Toshkent shahridagi boshqa umumiy o‘rta ta'lim maktablari sanitar va tibbiy tayyorgarligi holatidan kelib chiqib, o‘z faoliyatini an'anaviy tarzda boshlagunga qadar onlayn tarzda, ya'ni «Onlayn-maktab» loyihasi doirasidagi televizion darslar orqali dars mashg‘ulotlarini amalga oshiradi.

«Fursatdan foydalanib, yana bir bor ota-onalardan mazkur jarayonga mas'uliyat bilan yondashishlarini, an'anaviy shaklda faoliyatini boshlayotgan maktablar jamoasidan sanitariya qoidalariga qat'iy rioya qilish, farzandlarimiz va yaqinlarimiz salomatligini saqlashlarini so‘rab qolamiz», deyiladi boshqarma xabarida.

Mavzuga oid