Buxgalteriya hisobida hujjatlar aylanishi tartibi o‘zgarishi mumkin
Moliya vazirining Buxgalteriya hisobida hujjatlar va hujjatlar aylanishi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqidagi buyrug‘i loyihasi muhokama qilish uchun Qonun hujjatlari ta'sirini baholash tizimi portalida joylashtirilgan.
Nizom “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonun asosida ishlab chiqilgan va hujjatlarni tuzish, qabul qilish, saqlash va buxgalteriya hisobida aks ettirish, hamda hujjatlar aylanishini amalga oshirish bo‘yicha yagona tartibni belgilaydi.
Norma’ning yozishicha, nizomning amal qilishi O‘zbekistondagi barcha korxona, tashkilot va muassasalarga tatbiq qilinadi, banklar va boshqa kredit tashkilotlari bundan mustasno.
Nizom loyihasida korxonalar tomonidan amalga oshiriladigan barcha xo‘jalik operatsiyalari tasdiqlovchi hujjatlar bilan rasmiylashtirilishi lozimligi qayd etiladi, ular boshlang‘ich hisob hujjatlari bo‘lib xizmat qiladi va ular asosida buxgalteriya hisobi yuritiladi.
Tegishli texnik vositalar mavjud bo‘lganda boshlang‘ich hujjatlarni axborot tizimlari xizmatlaridan va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda tuzishga yo‘l qo‘yiladi. Bunday hujjatlar buxgalteriya hisobida tegishli majburiy rekvizitlar mavjud bo‘lgandagina qo‘llaniladi. Elektron hujjatlarni saqlashda ulardan erkin foydalanish va ularning qog‘oz nusxalarini taqdim etish imkoniyati ta'minlanishi lozim.
Buxgalteriya hisobini avtomatlashtirish sharoitida boshlang‘ich hujjatlar rekvizitlari kodlar ko‘rinishida qayd etilishi mumkin. Bunda elektron shaklda tuzilgan boshlang‘ich hujjat va registr elektron raqamli imzo haqidagi qonun hujjatlariga muvofiq uning to‘g‘ri tuzilishi uchun javobgar bo‘lgan shaxsning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanishi lozim.
Nizom:
- boshlang‘ich hujjatlar va hisob registrlarini tuzish, xatolarni tuzatish, saqlash tartibini;
- qat'iy hisobdagi blankalarni hisobga olish, saqlash, hisobdan chiqarish va yo‘q qilish tartibini
- hujjatlar aylanishini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Nizomga ilovalarda quyidagi shakllar keltirilgan:
- Qat'iy hisobdagi blankalarini hisobga olish jurnali;
- qat'iy hisobdagi blankalarga olish-nazorat qilish varag‘i;
- korxona bo‘yicha hujjatlar aylanishining namunaviy grafigi.
Loyiha o‘zgartirilishi, unga qo‘shimchalar kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.
Mavzuga oid
14:02 / 20.12.2024
Chet el valutasidagi operatsiyalarni buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi belgilandi
08:30 / 12.10.2024
Ayrim shaxslarga O‘zbekiston hududiga kirish rad etilishi mumkin
14:10 / 02.10.2024
Mehnat organlariga murojaat qilganlardan ortiqcha hujjatlar talab etilishi oldi olinadi
09:27 / 27.05.2024