Jahon | 22:54 / 22.09.2020
2960
1 daqiqa o‘qiladi
Yevrokengash sammiti uning rahbari karantinga ketgani sababli bir haftaga qoldirildi
Yevrokengash raisi Sharl Mishel o‘z qo‘riqchilaridan biri koronavirusga chalingani sababli karantinga ketishga majbur bo‘ldi. Shu sababli Yevrokengashning 24-25 sentyabrga belgilangan sammiti bir haftaga qoldirildi.
Mishelning matbuot kotibi Barend Leytsning ta'kidlashicha, Yevrokengash rahbari muntazam ravishda koronavirusga tahlil topshirmoqda va uning oxirgi topshirgan testi manfiy chiqqan. Mishel o‘z qo‘riqchilaridan birida koronavirus aniqlangach, Belgiya qoidalariga rioya qilgan holda karantinga chiqqan.
Shu sababli Yevrokengash sammiti o‘tkazilishi 1-2 oktbyar kunlariga ko‘chirilgan.
Mavzuga oid
09:50 / 15.08.2024
Rossiya Yevrokengashning milliy ozchiliklar himoyasi konvensiyasidagi ishtirokini to‘xtatdi
08:15 / 28.06.2024
Yevrokengash Yevroittifoqning yangi rahbarlarini tasdiqladi
08:41 / 27.01.2024
Sharl Mishel Yevrokengash rahbari lavozimini tark etish haqidagi fikrini o‘zgartirdi
13:34 / 08.01.2024