Jamiyat | 09:31 / 23.09.2020
16648
1 daqiqa o‘qiladi

Samarqand shahar bosh imom-xatibi vafot etdi

Samarqand shahar bosh imom-xatibi Nuriddinxon Islomov 73 yoshda vafot etdi.

Nuriddinxon Islomov 1970 yilda O‘zbekiston musulmonlari idorasi xodimi vazifasida ish faoliyatini boshlagan. 1980 yildan 2008 yilga qadar Jizzax viloyatining G‘allaorol tumani bosh imom-xatibi vazifasida faoliyat yuritgan. 2008 yildan 2017 yilgacha Samarqand viloyati bosh imom-xatibi vazifasida ishlagan. Shundan so‘ng ayni paytgacha Samarqand shahar bosh imom-xatibi hamda «Shohi Zinda» jome masjidi imom-xatibi lavozimida ishlab kelgan.

Samarqand shahar hokimligi tomonidan berilgan xabarda imomning vafoti sababi ma'lum qilinmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyati bosh imom-xatibi Xayrulloh domla Turmatov hamda Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumani bosh imom-xatibi Tohir domla Ismatillayev vafot etgani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga oid