O‘zbekiston | 11:05 / 29.09.2020
2578
2 daqiqa o‘qiladi

Axborot demokratiya uchun kisloroddek zarur – xalqaro ekspert erkin axborot olish haqida

Xalqaro axborotdan erkin umumfoydalanish kuni munosabati bilan o‘tkazilgan xalqaro onlayn konferensiyada xalqaro tashkilot vakillari, ekspertlar so‘zga chiqishdi.

Konferensiyada Osiyo-Tinch okeani radioeshittirishlar ittifoqi bosh kotibi Javad Mottagi matbuot va axborotdan foydalanish erkinligi haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

«Matbuot erkinligi va axborotdan foydalanish erkinligi shuni anglatadiki, bir tomondan mamlakat hukumati bu borada juda ham katta mas'uliyatni amalga oshiradi. Boshqa tomondan, ma'lumotlarni korrupsiyaga umuman yo‘l qo‘ymaydigan vaziyatda chiqarish kerak. Shuning uchun fuqarolar nima bo‘layotgani va nima uchun shunday bo‘layotganini doimiy ravishda bilib turishi kerak.

Masalan, Covid-19 bilan bog‘liq vaziyatga misol sifatida qaraydigan bo‘lsak, bu yerda hukumat jamiyatga nafaqat aniq va to‘liq axborot, balki maslahat ham berishi kerak. Ya'ni bu pandemiyadan ham iqtisod, ham sog‘liqni saqlash tizimi jabr ko‘rmasligi kerak. Bu borada axborot juda ham muhim rol o‘ynaydi. O‘ziga xos bo‘lgan balanslashtirilgan ma'lumotni berish kerak. Chunki axborot va ma'lumot demokratiya uchun kisloroddek zarur bo‘lgan narsadir. Agar inson qaror qabul qilish jarayonida o‘zi qatnasha olmas ekan, bu uning hayotini o‘zgartirishga yordam berolmaydi.

Axborotdan foydalanish imkoniyati hozirgi kunda turli axborot yoki ma'lumot yetishmayotgan bo‘shliqlarni to‘ldirish uchun muhim omil. Masalan, bu siyosiy axborot bo‘ladimi, iqtisodiy ma'lumot bo‘ladimi, agar u o‘z vaqtida berilmasa, kambag‘allar yanada kambag‘allashib, boylar yanada boyiydi.

Shuning uchun biz ma'lumotni nafaqat olish, balki uni qayerdan qidirishni ham bilishimiz kerak. Hozirgi kunda global institutlar, xususan davlat axborot vositalari iloji boricha uinversal axborotdan foydalanish imkoniyatini yaratuvchi omil yoki tizim sifatida qaralishi kerak», deya Javad Mottagining so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Mavzuga oid