O‘zbekiston | 07:34 / 30.09.2020
11957
3 daqiqa o‘qiladi

Qanday mulklar faqat davlat egaligida bo‘lishi mumkinligi ma'lum qilindi

Qonunning maqsadi davlat mulkini boshqarish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “O‘zbekiston Respublikasining “Davlat mulkini boshqarish to‘g‘risida”gi qonuni loyihasi e'lon qilindi.

Faqat davlat egaligida bo‘lishi mumkin bo‘lgan mulklar quyidagilardan iborat:

moddiy madaniy meros, shu jumladan davlat, milliy va axborot-kutubxona fondlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari fondlari, shuningdek arxivlar, muzeylar va qo‘riqlanadigan tabiat hududlarida saqlanadigan obektlar;

pul muomalasi xizmati bo‘yicha davlat tashkilotlari, qimmatli qog‘ozlar, ordenlar, medallar va pochta to‘lovi belgilari ishlab chiqarilishini ta'minlovchi korxona va tashkilotlar;

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari va Davlat xavfsizlik xizmati, shuningdek huquqni muhofaza qilish organlari davlat korxonalari, muassasalari va harbiy-texnika mulklari (sanoat utilizatsiyasi amalga oshirilishiga qadar, shuningdek sanoat utilizatsiyasiga taalluqli bo‘lmagan);

ilmiy-tadqiqot, tajriba-loyihalar ishlari, ionlashtiruvchi nurlanish manbalaridan foydalangan holda qurilmalar va uskunalarni ishlab chiqish, ishlab chiqarish va sotishni amalga oshiruvchi korxonalar va obektlar;

radioaktiv elementlarni qazib olish, ishlab chiqarish, tashish, qayta ishlash, radioaktiv chiqindilarni yo‘q qilish, uran va boshqa bo‘linadigan materiallarni, shuningdek ulardan olingan mahsulotlarni sotish bilan shug‘ullanadigan korxonalar va obektlar;

qurol va o‘q-dorilar, himoya vositalari, harbiy texnika, ular uchun ehtiyot qismlar, butlovchi qismlar va buyumlar, pirotexnika buyumlari, shuningdek ularni ishlab chiqarish uchun maxsus materiallar va jihozlarni ishlab chiqish, ishlab chiqarish, ta'mirlash va sotish bilan shug‘ullanadigan korxonalar;

ov va sport qurollari va o‘q-dorilar, shuningdek qirrali qurollarni (milliy suvenir pichoqlaridan tashqari) ishlab chiqarish, ta'mirlash va sotish bilan shug‘ullanadigan korxona va tashkilotlar;

kuchli zaharlar, giyohvandlik va zaharli moddalarni ishlab chiqaradigan, shuningdek tarkibida giyohvandlik va zaharli moddalar bo‘lgan ekinlarni ekish, yetishtirish va qayta ishlash bilan shug‘ullanadigan korxonalar;

O‘zbekiston Respublikasi davlat rezervlari, fuqaro muhofazasi va safarbarlik maqsadlari obektlari va mulklari;

atom energetikasi va strategik ahamiyatga ega obektlarda qurilish-montaj ishlari, ekspluatatsiya va ta'mirlash ishlarini (uskunalar, tizimlar va apparaturalarni o‘rnatish) amalga oshiradigan ixtisoslashgan korxonalar va tashkilotlar;

portlovchi va zaharli moddalarni tashishni amalga oshiruvchi maxsus korxonalar;

umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari;

sanitariya-epidemiologik stansiyalar. Sud-tibbiyot ekspertizasi byurosi. Atrof-muhit va tabiat muhofazasi nazorati xizmatlari;

maxsus maqsadga ega korxonalar (Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi, Respublika maxsus aloqa bog‘lanmasi, O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish respublika markazi, Elektromagnit moslashuv markazi).

qabristonlar.

Respublika egaligida bo‘lgan mulk munitsipal mulkka, shuningdek munitsipal mulk respublika egaligidagi mulkka o‘tkazilishi mumkin.

Mavzuga oid