O‘zbekiston | 16:49 / 02.10.2020
12061
2 daqiqa o‘qiladi

Tibbiyot OTMlarida qisman an'anaviy ta'limga qaytilmoqda

Oktabr oyidan tibbiyot OTMlarining bakalavriat yo‘nalishi bitiruvchi bosqich talabalari hamda magistratura va klinik ordinatura (rezidentura) talabalari uchun an'anaviy shaklda o‘qishlar boshlanmoqda.

Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan koronavirus pandemiyasi davrida tibbiyot xodimlariga talab yuqoriligini inobatga olib Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi tibbiyot oliy o‘quv yurtlarida o‘qish jarayonlarini qisman an'anaviy shaklga o‘tkazishga ruxsat berildi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berishicha, oktabr oyidan:

  • Toshkent tibbiyot akademiyasi va uning filiallari;
  • Toshkent tibbiyot pediatriya instituti;
  • Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti;
  • Toshkent farmatsevtika instituti;
  • Toshkent davlat stomatologiya instituti;
  • Andijon davlat tibbiyot instituti;
  • Buxoro davlat tibbiyot instituti;
  • Samarqand tibbiyot institutining bakalavriat yo‘nalishini bitiruvchi bosqich talabalari hamda magistratura va klinik ordinatura (rezidentura) talabalari uchun an'anaviy shaklda o‘qishlar boshlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, OTMlarning bakalavriat yo‘nalishlari birinchi bosqich talabalari uchun ham 12 oktyabrdan boshlab an'anaviy shaklda oliy ta'lim muassasalarida 3 kundan 2 haftagacha tanishuv darslari tashkil qilinishi haqida ma'lum qilingan edi. Tanishuv darslari tugagach ular uchun o‘qish masofaviy tarzda davom etadi.

Mavzuga oid