Jamiyat | 15:29 / 04.10.2020
20278
4 daqiqa o‘qiladi

Rektorlar imtiyozli grant asosida o‘qishga kirgan xotin-qizlarni uyiga borib tabriklamoqda

Bu yildan OTMlarga xotin-qizlarni qo‘shimcha davlat granti asosida qabul qilish tartibi joriy etildi. Tavsiyanoma olgan abituriyent xotin-qizlardan 940 nafari bu yil ana shu qo‘shimcha kvota doirasida talaba bo‘ldi.

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipov

Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi xabariga ko‘ra, ayni kunlarda qator OTMlar rahbarlari qo‘shimcha kvota asosida talabalikka qabul qilingan xotin-qizlarni ularning xonadonlariga borgan holda tabriklamoqda.

Jumladan, Toshkent davlat yuridik universiteti rektori Rahimjon Hakimov, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipov, Samarqand davlat chet tillar instituti rektori Ilhomjon To‘xtasinov, Andijon davlat universiteti rektori Akromjon Yo‘ldoshev imtiyozli ravishda talaba bo‘lgan xotin-qizlarning uylarida bo‘lib, ularga sovg‘alar ulashgan.

Toshkent davlat yuridik universiteti rektori Rahimjon Hakimov
Foto: Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi
Samarqand davlat chet tillar instituti rektori Ilhomjon To‘xtasinov
Foto: Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi​​​​​​
Andijon davlat universiteti rektori Akromjon Yo‘ldoshev
Foto: Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi​​​​​​
Foto: Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi​​​​​​
Chapdan birinchi – O‘zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti Jamoatchilik kengashi raisi Iqbol Mirzo 
Foto: Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi​​​​​​
Foto: Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi​​​​​​
Foto: Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi​​​​​​
Chapda – Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipov
Foto: Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi​​​​​​
Qo‘qon davlat pedagogika instituti rahbariyati vakillari
Foto: Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi​​​​​​

Eslatib o‘tamiz, prezident qaroriga muvofiq, Mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash vazirligi tomonidan beriladigan tavsiyanomaga ega xotin-qizlar uchun bakalavriatning kunduzgi ta'lim shakli bo‘yicha umumiy belgilangan davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlariga nisbatan qo‘shimcha 4 foizli davlat granti (bu yil 940ta kvota) asosidagi qabul ko‘rsatkichlari ajratilgan.

O‘tkazilgan test sinovlari natijalariga ko‘ra, ushbu imtiyozga ega bo‘lgan abituriyentlar to‘plagan baliga qarab hududlar kesimida o‘tish bali quyidagicha bo‘ldi:

  • Qoraqalpog‘iston – 154,5 ball
  • Andijon – 135,2 ball
  • Namangan – 151,5 ball
  • Farg‘ona – 151,6 ball
  • Buxoro – 160,2 ball
  • Xorazm – 154,9 ball
  • Surxondaryo – 150,5 ball
  • Qashqadaryo – 157,3 ball
  • Jizzax – 151,8 ball
  • Navoiy – 163,9 ball
  • Samarqand – 151,4 ball
  • Sirdaryo – 138,5 ball
  • Toshkent viloyati – 138,7 ball
  • Toshkent shahri – 136,3 ball

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardan yuqoridagi balni to‘plagan xotin-qizlar OTMga davlat granti asosida o‘qishga qabul qilingan. Undan past olgan abituriyentlarga 4 foizlik imtiyoz qo‘llanmaydi, ular umumiy tanlovda ishtirok etadi.

Bu yil 19 mingga yaqin xotin-qizga tavsiyanoma berildi. Tavsiyanomalar 3 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga beriladi.

Tavsiyanoma beriladigan xotin-qizlar toifalari

Tavsiyanoma abituriyent ro‘yxatdan o‘tishida tanlagan birinchi ta'lim yo‘nalishi bo‘yicha tanlovda ishtirok etish huquqini beradi, ikkinchi va undan keyingi oliy ta'lim olish uchun tanlovda ishtirok etishga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Mavzuga oid