Mourinoning qaytishi va Kloppning yakson etilishi. APLda superyakshanba
Angliya chempionatining 4-turi ham kutilmagan voqealar, sensatsiyalar va gollarga boy bo‘ldi.
«MYu» «Tottenhem»ga o‘z uyida, «Liverpul» esa «Astonvilla»ga safarda yirik hisobda mag‘lubiyatga uchradi, turnir jadvalida esa yo‘qotishlarsiz borayotgan «Everton» yetakchilik qilmoqda.
Angliya chempionati. Premer-liga. 4-tur
«Manchester Yunayted» — «Tottenhem» — 1:6 (1:4)
Gollar: Brunu Fernandesh, 2 — penalti (1:0). Ndombele, 4 (1:1). Son Xin Min, 7 (1:2). Keyn, 30 (1:3). Son Xin Min, 37 (1:4). Ore, 51 (1:5). Keyn, 79 — penalti (1:6).
«Manchester Yunayted»: de Xea, Shou, Maguayr, Bayi, Van-Bissaka, Pogba, Matich (Fred, 46), Brunu Fernandesh (Maktominey, 46), Marsiyal, Reshford, Grinvud (van de Bek, 68).
«Tottenhem»: Lloris, Ore, Sanches, Regilon, Sissoko, Xeyberg, Dayyer, Ndombele (Alli, 69), Son Xin Min (Deyvis, 73), Lamela (Lukas Moura, 46), Keyn.
Ogohlantirishlar: Lamela, 32. Bayi, 63. Shou, 84.
Chetlatish: Marsiyal, 28.
Hakam: Teylor.
4 oktabr. Manchester. «Old Trafford» stadioni.
Joze Mourino olti o‘yindan buyon sobiq jamoasini mag‘lub eta olmay kelayotgandi. Bu esa unga xos holat emas - u hamisha prinsipial raqiblarga qarshi juda katta ishtiyoq bilan tayyorgarlik ko‘radi. Bu safargi to‘qnashuvga portugaliyalik mutaxassis xotirjam tarzda tashrif buyurdi, u «Old Trafford»ga qasos olish uchun kelmaganini ta'kidladi. «Qanaqa qasos? Bu yerda menga hech kim yomon munosabatda bo‘lmagan», — deya «MYu» rahbariyatiga maqtov bildirdi Mourino.
«Shporlar» jamoasi bosh murabbiyining kayfiyati a'lo darajada ekani ko‘rinib turardi. Bir hafta ichida uning shogirdlari «Chelsi»ni Angliya ligasi kubogidan chiqarib yubordi va Yevropa ligasida futbolga xos bo‘lmagan hisobda g‘alaba qozondi - 7:2. Hozirgi «Tottenhem» va zerikarlilik — bir-biriga begona tushunchalar, garchi o‘tgan mavsumda pragmatik futbol uchun Mourino tanqid qilingan va Maurisio Pokettino undan yaxshiroq bo‘lgani haqida fikrlar bildirilgandi.
O‘yinning 30-soniyasidayoq penalti belgilanishi va Brunu Fernandeshning odatdagi kabi qaytarib bo‘lmas zarbasi mehmonlarni izdan chiqara olmadi. Ular tezda o‘yinda burilish yasashdi va ikki daqiqa o‘tib hisobni tenglashtirishdi. Maguayr jarima maydonida oddiy vaziyatda qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘ydi, Lamelaning bosimi ostida Shou ham to‘pni uzoqlashtira olmadi, Ndombele esa yaqin masofadan darvozani ishg‘ol qildi.
Ko‘p o‘tmay londonliklarning odatiy uslubdagi goli urildi — Keynning to‘pni oldinga tashlab berishi va tezkor Son Xin Minning darvozabon bilan birga bir chiqib borishi. Avvaliga Harri va koreyalik futbolchining o‘rni almashib qolgani haqida gapirishardi, ammo bu oddiy qabul qilinadigan bo‘ldi. Keyn — APLning joriy mavsumidagi golli uzatmalari sonini oltitaga yetkazib, bu borada yetakchi bo‘ldi oldi. Yana bir pasdan keyin u o‘zining shaxsiy rekordini takrorlaydi, chempionat esa endi boshlanmoqda.
Shu bilan birga, u snayperlik qobiliyatini ham unutib qo‘ymagan. Yevrokubok o‘yinlaridagi het-trik shuni ko‘rsatdiki, u bu mavsumda ham to‘purarlar qatorida bo‘ladi va u buni Manchesterda ham isbotladi. Sonning ideal uzatmasidan keyin gol urmaslikning o‘zi qiyin edi, Sonning o‘zi esa birinchi bo‘limda ikkinchi golini, jamoasining to‘rtinchi golini urdi va buni «qizil iblislar»ni sharmandali holatga solib bajardi, avvaliga Ore to‘pni Maguayrning oyoqlari orasidan o‘tkazdi, keyin koreyalik hujumchi xuddi shu tarzda de Xeani ojiz qoldirdi. «Shporlar» o‘yindagi hisobni hokkeycha ko‘rinishga olib borishi ko‘rinib turardi, bu vaqtga kelib raqib bir kishi kam bo‘lib qolgandi.
O‘yinning 28-daqiqasida, hisob 1:2 ko‘rinishida ekanida mehmonlar burchak to‘pi ijro etilayotgan mahalda jarima maydonida Lamela va Marsiyal bir-birini turta boshladi. Dastlab argentinalik futbolchi tirsak bilan raqibga zarba berdi, fransiyalik hujumchi bunga javob qaytardi va raqib bir soniya o‘ylanib turib, keyin gazonga yotib olishga qaror qildi. O‘yin bosh hakami Entoni Teylor va videohakamlar Lamelaning gunohi faqat sariq kartochkaga tortishi, Marsiyal esa maydondan chetlatilishi kerak degan qarorga kelishdi.
How the fuck isn’t lamela sent off for the same thing Martial did VAR is a fuck up pic.twitter.com/XFFN1BSxVc
— Man Utd Irish Reds ➐ (@ManUtdIrishReds) October 4, 2020
Bu qizil kartochka masalasi uzoq vaqt muhokama qilinishi aniq, lekin bu hech narsani o‘zgartirmaydi. «MYu» himoyasi bu o‘yinda juda yomon harakat qildi, ayniqsa rejali rotatsiya doirasida Lindelyof o‘rniga maydonga tushgan Bayi eng yomon o‘yinlaridan birini o‘tkazdi. Statistikaga qaralsa, bundan yomoni bo‘lishi ham mumkin emas. Premer-ligada «qizil iblislar» hech qachon bir bo‘limda 4ta gol o‘tkazishmagandi, bu ularning 1079-o‘yinida ro‘y berdi! O‘tmishni kavlashtirsak, bunaqa holat APLga asos solinishidan avval — 1990 yil mayida «Nottingem»ga qarshi o‘yinda ro‘y bergan. «Tottenhem» esa oxirgi marta uzoq 1957 yilda raqib darvozasiga birinchi bo‘lim davomida to‘rt gol yo‘llagan.
Birinchi bo‘lim tanaffusida yaqin vaqtlar ichida «MYu» bilan shartnoma imzolashi kutilayotgan Kavani fikridan qaytgani haqida memlar paydo bo‘ldi. Uning yoshi hisobga olinsa, bu klubning transfer strategiyasini anglatmaydi, ammo klubdagilar u yosh futbolchilarga namuna bo‘ladi, deb hisoblashmoqda. Yakshanba kungi o‘yin bu to‘g‘ri fikr ekanini ko‘rsatdi, Mourinoda esa barchasi joyida. Hatto jamoaning eng zaif chiziqlaridan biri sifatida ko‘riluvchi Ore bir gol urib, bir golga uzatma berdi. Bu hali Beyl maydonda yo‘qligida sodir bo‘lmoqda!
Angliyada tur chempionlarning dahshatli natijasi bilan yakunlandi.
Angliya chempionati. Premer-liga. 4-tur
«Aston Villa» — «Liverpul» — 7:2 (4:1)
Gollar: Uotkins, 4 (1:0). Uotkins, 22 (2:0). Saloh, 33 (2:1). Makginn, 35 (3:1). Uotkins, 39 (4:1). Barkli, 55 (5:1). Saloh, 60 (5:2). Grilish, 66 (6:2). Grilish, 75 (7:2).
«Aston Villa»: Martines, Targett, Mings, Kesh (Al-Muhammadiy, 80), Konsa, Barkli, Grilish, Makginn, Duglas Luis (Nakamba, 80), Trezege (Traore, 87), Uotkins.
«Liverpul»: Adrian, van Deyk, Roberson, Gomes (Jons, 61), Aleksandr-Arnold, Veynaldum, Fabinyu, Keyta (Minamino, 46), Roberto Firmino (Milner, 68), Saloh, Jota.
Ogohlantirishlar: van Deyk, 38. Duglas Luis, 46. Nakamba, 90+2.
Hakam: Atkinson.
4 oktabr. Birmingem. «Villa Park» stadioni.
Tarkibning kesilishi
Ushbu o‘yin tanaffusida Angliyadagi eng zahar tilli inson Gari Lineker tvitterida shunday yozdi: «Xuddiki himoyada 10 yoshdan kichik maktab o‘quvchilari turgandek». O‘yinning bu vaqtida «Liverpul» «Aston Villa»ga 1:4 hisobida mag‘lub bo‘layotgan, shuning o‘zi ham halokatdek qabul qilinayotgandi. Qizillar bungacha birinchi bo‘limda faqat bir marta 4ta gol o‘tkazib yuborishgan — 2015 yil mayidagi o‘yinda, Stiven Jyerrardning xayrlashuv o‘yinida «Liverpul» «Stouk Siti» maydonida 1:6 hisobida mag‘lub bo‘lgandi.
Bu o‘yin arafasida mersisaydliklar tarkib bilan bog‘liq muammolarga duch kelishgandi. «Liverpul» jarohat tufayli Alissonni yo‘qotgan, Mane esa Tiagu Alkantara ortidan koronavirusga chalingan. Bundan tashqari, qizillarning asosiy tarkibida maydonga tushgan futbolchilarning aksari payshanba kuni Angliya ligasi kubogi doirasida «Arsenal»ga qarshi o‘yinda ishtirok etgan, «Aston Villa» esa «Stouk»ka qarshi o‘yinda zaxira tarkibini o‘ynatgan (birmingemliklar APL o‘yinida tarkibni butunlay yangilashdi). Ammo 2:7 hisobidagi mag‘lubiyatni oqlash uchun bir necha yetakchining safdan chiqishidan ko‘ra kattaroq boshqa sabablar keltirish kerak bo‘ladi.
Rikoshetlar paradi
«Aston Villa» xuddi «Liverpul» kabi mavsumni ideal tarzda boshladi: birmingemliklar birinchi turni o‘tkazib yuborishdi, ammo keyingi ikki o‘yinda «Sheffild Yunayted» va «Fulhem» mag‘lubiyatga uchratildi. Liverpuldagi uchrashuvni ham «Villa» omadli boshladi: «Liverpul»ning zaxira darvozaboni Adrian o‘z odatiga ko‘ra pressingga dosh bera olmay qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydi.
Birinchi gol ortidan «Liverpul» himoyasida xatolar seriyasi kuzatildi, bu o‘yinda himoya chizig‘i odatga xilof tarzda raqibni oldinroqda kutib olishga harakat qildi. Uchinchi gol — van Deykdan rikoshet orqali darvoza to‘ridan joy oldi. To‘rtinchisi — jarima zarbasi ijro etilgan vaqtda sun'iy ofsayd hosil qilishdagi xato tufayli. Beshinchisi — rikoshet. Oltinchisi — rikoshet. Yettinchisi — yana himoyachilar nimanidir o‘zgartirish maqsadida oldinga chiqib ketishi oqibatida ro‘y berdi.
«Aston Villa» uchta golni rikoshetdan keyin, qolgan to‘rttasini — «Liverpul» futbolchilarining qo‘pol xatolari tufayli urdi, shundan uchta golda taktik xatolarga yo‘l qo‘yildi. Futbolda qora kunlar ham bo‘lishi hisobga olinsa, bu mersisaydliklar uchun aynan shunday kun edi. «Liverpul»ning umuman omadi kelmasdi. Shunday bo‘lsada, «Aston Villa» barcha imkoniyatlardan gol ura olmadi: ikkinchi bo‘limda Adrian Uotkins bilan yakkama-yakka vaziyatda qutqardi, uning yana bir zarbasi darvoza to‘siniga tegdi. Uotkins — «Aston Villa»ning yangi xaridi, o‘tgan mavsumda «Brentford» safida chempionshipda javlon urgan hujumchi premer-ligada endi uchinchi o‘yinini o‘tkazdi.
To‘pga egalik qilish bo‘yicha 30 foizlik natija va 7 gol
Statistika hayratomuz. «Bavariya»ning «Barselona» bilan o‘yinida ham shunday statistika bo‘lgandi va myunxenliklar to‘liq ustunlikka ega bo‘lib yirik hisobda g‘alaba qozonishgandi. Lekin bu yerda aksi. «Aston Villa» o‘yin vaqtining faqat 30 foizida to‘pga egalik qildi va uzatmalar aniqligida ham u qadar yaxshi natija ko‘rsata olmadi — 68 foiz, zarbalar bo‘yicha mehmonlar foydasiga — 18:14, aniq zarbalar bo‘yicha — 11:8. Hisobni bilmasdan turib, bu statistika asosida uni aniq topish imkonsiz.
Lekin bu mag‘lubiyat ortidan hech kim iste'foga chiqmaydi. Agar «Barselona» butun mavsum davomidagi o‘yini bilan 2:8 tomon kelgan bo‘lsa, «Liverpul»ning bu 2:7 hisobidagi mag‘lubiyati — vaziyatdan kelib chiqib to‘g‘ri tushuniladi. Qizillar nari borsa 1:3 hisobidagi mag‘lubiyatga loyiq edi, kutilgan gollar koeffitsiyentiga (xG) ko‘ra shunday.
Shuning uchun ham Klopp bu o‘tkazilgan gollardan keyin tabassumini saqlab qoldi va flesh-intervyu vaqtida ham kula oldi. «Bu o‘yinni tahlil qilish oson. Biz juda ko‘p xatolarga yo‘l qo‘ydik — hamma gap shunda. Ko‘p oddiy vaziyatlarda to‘pni raqibga topshirib qo‘ydik, birinchi o‘tkazilgan golni eslang. Qolaversa, «Aston Villa»ning uch goli rikoshetdan keyin urildi. Bu ham sabablardan biri. Ammo raqib juda yaxshi o‘ynadi, ayniqsa qarshi hujumlarda», deya izoh berdi nemis mutaxassisi.
«Liverpul» bu mag‘lubiyatdan tezda o‘ziga kelishi aniq, ammo bu natija jamoa tarixida manguga qoladi. Angliyaning amaldagi chempioni bo‘lgan jamoasi 1953 yildan buyon ilk marta bir o‘yinda 7 gol o‘tkazdi, «Liverpul» bilan bu hodisa esa 1963 yildan buyon ilk marta kuzatildi. Angliya tarixidagi eng sovrindor jamoa bo‘lmish «Manchester Yunayted» va «Liverpul» tarixda ilk marta bir kunda kamida 6tadan gol o‘tkazilishi guvohi bo‘ldik.
APLning bu turi ham gollarga boy bo‘ldi va 10ta o‘yinda 40ga yaqin gol urildi.
4 turdan keyin barcha o‘yinda g‘alaba qozongan Karlo Anchelotti boshchiligidagi «Everton» yakkapeshqadam, uchta o‘yinda uch g‘alabaga erishgan va zaxirada bir o‘yinga ega bo‘lgan «Aston Villa» ikkinchi o‘rinda, mavsumni ketma-ket uch g‘alaba bilan boshlagan va uchinchi turda «Siti»ni 5:2 hisobida mag‘lub etgan «Lester» esa kutilmaganda «Vest Hem»ga 0:3 hisobida mag‘lub bo‘lib, uchinchi o‘ringa tushib qoldi. Arteta boshchiligidagi «Arsenal» hisobida ham 9 ochko bor va jamoa kuchli to‘rtlikni yakunlab turibdi. «Liverpul»da ham 9 ochko bor, lekin jamoa to‘plar nisbatini yomonlashtirib olgani tufayli (Klopp shogirdlari to‘plar nisbati bo‘yicha APLning eng yomon jamoalari qatoriga tushib ketdi) beshinchi o‘rinda joylashgan. «Byornli», «Sheffild» va «Fulhem» jamoalari esa 4 turdan keyin birorta ochko olmagan va mos ravishda so‘nggi o‘rinlarni egallab turibdi.
Mavzuga oid
12:24 / 16.12.2024
«Barsa» yana autsayderga yutqazdi, «Siti» kambek qurboni. Kun o‘yinlari
10:17 / 05.12.2024
Mbappe yana uyaltirdi, «Liverpul» qoqildi. Kun o‘yinlari
11:53 / 25.11.2024
«Real» «Barsa»ga yetib olmoqda, Saloh «Liverpul»ni qutqardi. Kun o‘yinlari
15:52 / 21.11.2024