Jamiyat | 20:01 / 07.10.2020
10040
2 daqiqa o‘qiladi

Apellyatsiya sudi «Korean and migrations» agentligi bo‘yicha hukmga o‘zgartishlar kiritdi

14 sentabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tuman sudida «Korean and migrations xususiy bandlik agentligi» MChJ mansabdorlariga nisbatan sud hukmi e'lon qilingandi. Keyinroq hukmga nisbatan bir qator sudlanuvchilar tomonidan apellyatsiya shikoyati va prokuror tomonidan protest keltirildi.

Oliy sud axborot xizmati xabariga ko‘ra, JIB Toshkent shahar sudi apellyatsiya instansiyasining 7 oktyabrdagi ajrimi bilan JIB Yakkasaroy tuman sudining 14 sentyabrdagi hukmiga ayrim o‘zgartirishlar kiritilgan.

Jumladan, 10 nafar sudlanuvchining ayblovidan Jinoyat kodeksining 228-moddasi 3-qismi (Hujjatning qalbakiligini bila turib, undan foydalanish) chiqarib tashlangan va ushbu modda bilan tayinlangan jazolar bekor qilingan.

Shuningdek, hukmning tavsif qismidagi jabrlanuvchi J.E. foydasiga jami 52 888 155 so‘mlik epizod hamda qaror qismidagi ushbu summani undirish qismi chiqarilgan. Hukmning qaror qismidagi jabrlanuvchi A.Z. foydasiga jami 27 202 730 so‘m undirish qismi bekor qilinib, uning foydasiga jami 32 602 730 so‘m undirilishi belgilangan.

Hukmning tavsif va qaror qismlaridagi «VEGA BEST» MChJ va «Agrofitoeksport» MChJ o‘rtasida tuzilgan 2019 yil 2 apreldagi 4-sonli hamda «FAYOZ-XDS» MChJ, «BAXMAL FITOIMPEX» MChJ va «ISMAILOV RUSTAM IKRAMOVICH» MChJlar o‘rtasida tuzilgan 2019 yil 7 apreldagi 3-sonli oldi-sotdi shartnomalarini haqiqiy emas deb topishga oid qismi bekor qilingan.

Apellyatsiya shikoyatlari va apellyatsiya protesti qisman qanoatlantirilib, hukmning qolgan qismi o‘zgarishsiz qoldirilgan.

Endilikda sud hukmi ijroga qaratiladi va jabrlanuvchilarga yetkazilgan zararlarni qoplash boshlanadi.

Mavzuga oid