O‘zbekiston | 14:13 / 09.10.2020
46862
1 daqiqa o‘qiladi

Hilola Umarova Prezident maktablari agentligiga rahbar bo‘ldi 

Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktori tayinlandi.

Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyevaning ma'lum qilishicha, Hilola Umarova Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligining yangi rahbariga aylandi.

Hilola Umarova shu paytga qadar Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari maktabining direktori bo‘lib ishlab kelayotgan edi. Shuningdek, u Inha universiteti bosh menejyeri sifatida ishlagan.

Bundan oldin, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktori lavozimida faoliyat yuritgan Sarvar Boboxo‘jayev Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori lavozimiga tayinlangandi.

Mavzuga oid