Jahon | 08:17 / 16.10.2020
35407
2 daqiqa o‘qiladi

JSST: Remdesivir va gidroksixloroxin COVID-19'dan o‘lim holatlarini kamaytirishga deyarli yordam bermaydi

Koronavirusga qarshi qo‘llanuvchi bir qator dori vositalari koronavirusdan o‘lim darajasining pasayishiga ta'sir qilmaydi va o‘pkani sun'iy shamollatish qurilmalariga ulangan bemorlar sonini kamaytirmaydi.

Foto: AFP

Koronavirusga qarshi qo‘llanuvchi bir qator dori vositalari koronavirusdan o‘lim darajasining pasayishiga ta'sir qilmaydi va o‘pkani sun'iy shamollatish qurilmalariga ulangan bemorlar sonini kamaytirmaydi. Bu dorilar orasida remdesivir va gidroksixloroxin ham bor. Bu haqda JSST ma'lum qildi.

Remdesivir, gidroksixloroxin, lopinavir va interferon qo‘llangan davolash sxemalari shifoxonadagi kasallarning o‘lim darajasiga deyarli ta'sir qilmaydi”, - deyilgan JSST xabarida.

Bunday natijalar JSSTning “Birdamlik” (Solidarity) deb nomlangan tadqiqoti davomida olingan va hozircha ular bo‘yicha rasmiy hisobot hali e'lon qilinmagan. 6 oydan ortiq davom etgan tadqiqotda dunyoning 30dan ortiq davlati qatnashgan, tasodifiy tanlanishga va platsebo effekti nazorat qilingan klinik sinovlarga 11 mingdan ortiq bemor jalb etilgan.

Financial Times'ning qayd etishicha, JSSTning bu xulosasi koronavirusga qarshi qo‘llanuvchi o‘z samarasini isbotlagan yagona vosita deksametazon bo‘lishi mumkinligidan darak bermoqda.

Mavzuga oid